• 4.KUTUBXONA KONSORSIUMLARI 4.1.Kutubxona konsorsiumlarining maqsad va vazifalari, afzalliklari
  • M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

    Nazorat savollari: 
    1.
    EBSCO information services ma’lumot bazalari qaysi fan sohalarini 
    o‘z ichiga oladi?
    2.
    Elektron resurslarning eng mashhur ishlab chiqaruvchilari qaysilar?
    3.
    Oxford University Press nashriyoti resurslarining o‘ziga xos 
    imkoniyatlari qanday?
    4.
    O‘zbekistonda 
    elektron 
    resurslarni 
    jahon 
    miqyosida 
    ishlab 
    chiqaruvchilarning qaysilari mashhur? 
    5.
    Fundamental fan sohalari bo‘yicha ma’lumot bazalaridan qaysi 
    nashriyotlar foydalanishga imkon beradi?
    6.
    WOS Thomson Reuters ma’lumot bazalarini jahon nashriyotlari va 
    elektron resurslarning integratorlaridan farqi nima?
    7.
    Biznes va moliya bo‘yicha axborotlarga qaysi ma’lumot bazalaridan 
    ega bo‘lish mumkin?
    8.
    Qaysi ma’lumot bazalaridan axborotlashtirish va kutubxonashunoslik 
    bo‘yicha ma`lumotlarga ega bo‘lish mumkin?
    9.
    ProQuestning qanday spetsefik ma’lumot bazalari mavjud?
    10.
    Emerald kompaniyasining muhim resurslari haqida ma’lumot 
    bering.
    11.
    CAMBRIDGE UNIVERSITY PRESS kompaniyasining muhim 
    resurslari haqida ma’lumot bering. 
    12.
    NATURE PUBLISHING GROUP kompaniyasining eng asosiy 
    resurslari haqida axborot bering. 


    117 
    4.KUTUBXONA KONSORSIUMLARI 
     
    4.1.Kutubxona konsorsiumlarining maqsad va vazifalari, 
    afzalliklari
     
    Kutubxonalar 
    imkoniyatini 
    birlashtirish 
    ularning 
    individual 
    imkoniyati va faoliyatlariga nisbatan ancha ko‘p narsalarni berishi 
    mumkin. Odatda, konsorsiumlar o‘xshash maqsad va vazifalarga ega 
    bo‘lgan tashkilotlar orasida strategik hamkorlar sifatida shakllanadi va 
    umumiy zaxiralardan birgalikda foydalanishga harakat qiladilar. 
    Ko‘pgina konsorsiumlar elektron axborot zaxiralarini patent olishga 
    (litsenziyalashga) qaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, konsorsiumning 
    ko‘pgina boshqa dasturlari va xizmatlari mavjudki, ular konsorsium 
    a’zolarining imkoniyatlarini yetarli darajada oshirishi mumkin. Ma’lum 
    bir konsorsium ko‘radigan foyda asosan konsorsiumning tashkil 
    qilinishiga, dasturga va xizmat ko‘rsatishlariga bog‘liq bo‘ladi. 
    Konsorsium samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar 
    hisoblanadi:
    Hamkorlikni va zaxiralardan birgalikda foydalanishni kengaytirish. 
    Konsorsium ma’lum ishlarini birgalikda bajarilishiga, uning natijasidan 
    samarali foydalanishga, birgalikda malakali tekshiruvlarni amalga 
    oshirishga, har xil zaxiralardan birgalikda foydalanishga imkon beradi. 
    Bu esa quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

    Bir xil amallar takrorlanishini oldini olish uchun umumiy harakat, 
    dastur va xizmatlarni yaxshi tashkil qilish; 

    Hamkorlikda tekshiruvlar o‘tkazish va uning natijasidan birgalikda 
    foydalanishga imkon berib, lokal kutubxona boshqaruvini yaxshilash. 
    Bu boshqa holatlar bajarilmasligi yoki vaqtning qisqa oralig‘i uchun 
    zarur bo‘lishligi mumkin;

    Kutubxonalararo kelishuvlar, o‘zaro qarz berib turishlarni yo‘lga 
    qo‘yish va yig‘ma elektron katalog orqali kutubxona zaxiralaridan 
    birgalikda foydalanishini yaxshilash. 
    Elektron axborotlarni sotib olishni va umumiy axborot zaxiralari 
    bilan kutubxona boshqaruvini yaxshilash. Konsorsium o‘z a’zolarini 
    sotib olish imkoniyatlarini yetarli darajada oshirib yuborishi mumkin. 
    Bu quyidagilarda ifodalanadi: 

    Xarid qilinadigan axborot birligi narxini pasaytirib, shu narxga 
    yoki kamroq narxga ko‘p miqdordagi axborot (misol uchun, ko‘p 
    miqdordagi jurnallar) bilan ta’minlanish imkoniyati; 


    118 

    Kutubxonaning o‘z kuchi bilan erishishiga nisbatan taqqoslaganda 
    elektron axborotlarni standart litsenziyalashning qulay sharoitlari; 

    Konsorsium a’zolarining milliy axborot zaxiralariga xalqaro
    kirishni kengaytirish; 

    Bosma va elektron kutubxona kolleksiya (ma’lumot bazasi) 
    yaratish va ulardan birgalikda foydalanish uchun qulay boshqaruv; 

    Ancha nozik narx-navo siyosati imkoniyatining kengayishi; 

    Vositachilarsiz, nashriyotlar bilan bevosita ishlash hisobiga 
    xarajatlarni kamaytirish; 

    Alohida kutubxonalar olishi mumkin bo‘lmagan maslahat va 
    yo‘riqnomalar olishning qonuniy shakl va vositalariga kirish 
    imkoniyatini ta’minlashi. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish