• Umumiy manfaatlar va tafovutlarni aniqlashtiring
  • A’zolar orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

    A’zolar orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish 
    Konsorsium kutubxonachilar orasidagi doimiy munosabatlar orqali 
    rivojlanadi. Bu munosabatlar kasbga oid uchrashuvlar, e-mail, telefon 
    qo‘ng‘iroqlari yoki doimiy pochta aloqalari bo‘lishi mumkin. 
    Avvalombor, yaqindan tanishish va a’zolar orasida bir-biriga ishonchni 
    shakllantirish uchun kasbiy uchrashuvlar juda keraklidir. 
    Guruhlarni shakllantirishda tabiiy «lider» yo‘lboshlovchini aniqlash 
    (masalan, 
    milliy 
    kutubxona 
    rahbarini) 
    maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Kutubxonachilar uchrashib turadigan qandaydir kasbiy assotsiatsiya 
    yoki kutubxonachilar klubi, yoki doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi seminar 
    ko‘rinishidagi anjumanlar mavjud bo‘lishligi ham muhim. Bunda siz 
    imkoniyatlari mavjud bo`lgan a’zolarni aniqlashingiz mumkin bo‘ladi.
    Umumiy manfaatlar va tafovutlarni aniqlashtiring 
    - Konsorsium zarur ekanligiga har bir a’zo o‘z qiziqishlarini his 
    qilgan holda kelishlari kerak. A’zolarning oldilarida turgan vaziyatni his 
    qilishlari konsorsiumning har biri a’zosi uchun muhim bo‘lar edi. 
    Agarda a’zo kutubxonalar ko‘pgina umumiy xususiyatlarga ega bo‘lsa, 
    konsorsium ichki ahillikka ancha oson erishishi mumkin. Ammo ayrim 
    konsorsiumlar turlicha sherikchiliklarga ega.
    - Birinchi yig‘ilish kutubxona foydalanuvchilari va kutubxonachilar 
    uchun konsorsiumning zarurligi va samaradorligini tushuntirishga 
    qaratilgan bo‘lishi kerak (konsorsiumning potensial yutuqlarini umumiy 
    tasvirlash uchun 2-ilovaga qaralsin). 
    - Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini 
    olish maqsadida a’zolar imkoniyatlari orasidagi farqlar oldindan 


    121 
    aniqlangan va muhokama qilingan bo‘lishi kerak. Vazifalari bir xil 
    bo‘lgan kutubxonalar ham (masalan, akademik yoki boshqa ilmiy-
    texnika kutubxonalari) har xil imkoniyatlarga va xarakteristikalarga ega 
    bo‘lishi mumkin. 
    - Yon berish g‘ururi zarur. Bir tomondan konsorsiumning barcha 
    a’zolari konsorsiumdan samara olishlarini bilishlari va his etishlari 
    kerak. Boshqa tomonidan esa, bu ma’lum vaqt, sabr-bardosh talab 
    qiladi. Oxir-oqibat, hech qanday kutubxona juda katta yuk olib 
    borilayotganini his qilmasligi, ularning hech birining xohishi e’tiborsiz 
    qolmasligi kerak. Har bir guruhning ichida e’tirozlar bo‘lishi ehtimoldan 
    holi emas, ammo bu e’tirozlarni avval boshdan ochiqchasiga muhokama 
    qilish orqali kamaytirish mumkin. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A’zolar orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish

    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish