Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari




Download 175,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.06.2024
Hajmi175,12 Kb.
#265254
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pedagogik nizolar



Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari 
 
Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab 
bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi 
o‘qituvchi va murabbiylikdir.
I.A.Karimov 
 
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf 
etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini 
ifodalaydi.
O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda 
o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini 
shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - 
nizo
sanaladi. 
Nizo 
- qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki 
undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini 
ifodalovchi ziddiyat. 
Pedagogik nizo bu
- pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat 
o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-
qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim 
doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining 
pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. 
O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy 
munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z 
guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, 
psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin 
shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda 
har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog 
har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib 
chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, 
ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining 
asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi 
lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar 
bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning 
axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi 
tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni 
bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. 
O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani,
pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan 
chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. 
O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda 
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, 
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini 
o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy 
fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan 
talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari 


o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq 
bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy 
fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning 
mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham 
o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning 
zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi. 
Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan 
o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi. 

Download 175,12 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 175,12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari

Download 175,12 Kb.
Pdf ko'rish