|
Pedagogik nizo tushunchasiBog'liq pedagogik nizolar
Pedagogik nizo tushunchasi
Pedagogik nizo
bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar,
kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l
qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak.
Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar
quyidagilardir:
inqiroz;
anglashilmovchilik;
kutilmagan hodisa;
zo‘riqish;
noqulaylik;
ichki yoki tashqi xavotir;
bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv.
Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar:
axborot omili;
munosabat omili;
hulq omili.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchilik kasbini er yuzidagi har
qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. A.Navoiyning
fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Muallim esa, bir
guruh bolalarga ilmu - adab o‘rgatadi. Bu jarayonda muallim ko‘p aziyat chekadi,
mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod
qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham,
muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish,
o‘qituvchilik sha’ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni,
talabchan va adolatli bo‘lishi o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halololigi, pokligi,
rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va
puxta o‘zlashtirishi bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Ota-
bobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar. O‘zlaridan
yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib
qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o‘zviy bog‘liqdir. Ularning har
ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq
etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun
ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida
ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. SHaxs shakllanishida
u yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir.
|
| |