Shaxarlarning avj olib rivojlanishida asosan transport yo`lining axamiyati juda katta o`rin tutadi




Download 1.06 Mb.
bet1/14
Sana10.04.2017
Hajmi1.06 Mb.
#4395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Kirish
O`zbekistonning mustakillikka erishuvi va milliy taraqqiyot yo`liga dadil qadamlar bilan kirib borishi shaxarsozlikda xalq me`morlik merosidan o`rnak olib, maxalliy sharoitlarga moslik, ko`rkam va shinamlik, jaxon andozalaridan qolishmaslik kabi qator jixatlar e`tibor markazida bo`lishini taqozo etadi.

O`zbekiston , mutloq o`ziga xos demografik xolatga ega bo`lgan respublika xisoblangan xolda axoli joylashtirishining juda muxim regional xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu yerda axoli sonining oshishi, sanoatning va transport soxalarning rivojlanishi xam shaxarlarning usishi va rivojlanishiga olib keldi.

Shaxarlarning avj olib rivojlanishida asosan transport yo`lining axamiyati juda katta o`rin tutadi.

Loyixalanayotgan diplom loyixasi mavzusi «Urganch shahrida 2 qavatli 100 ta avtomobilga mo`ljallangan garaj va texnik xizmat ko`rsatish shaxobchasini loyihalash» dir.

Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyin barcha soxalarda o`zgarishlar bo`lgani kabi sanoat korxonalarini rivojlantirishda avtomobil ishlab chikarishga ilk bora qadam qo`yilgan edi. Qoreyaning DAEWO firmasi bilan shartnomalar imzolanib Prezidentimiz tashabbusi Bilan Andijon viloyatining Asaka shaxrida avtomobillar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Axolining uzogini yaqin qiladigan tiqo, damaz, neksiya, matiz, matiz, takuma, neksiya dons, neksiya shevrolet avtomobillari xalqimiz extiyoji uchun xizmat qilmoqda. Undan tashqari Samarqandda Turkiya Bilan xamkorlikda tashkil etilgan yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarish, kichik sigimdagi «Otayo`l» va Yaponiya davlayi Bilan xamkorlikda «Isuzi» avtobuslari ishlab chiqarilmoqda.

Avtomobil ishlab chiqarishi natijasida axolining shaxsiy avtomobilga ega bo`lishi natijasida avtomobillar soni kundan kunga ortib bormoqda. Avtomobillar sonining tez sur`atlarda oshishi avtomobil yo`llarining kengayishiga va ularni ma`lum bir joyda saqlash uchun kam qavatli garajlarni loyixalashni taqozo etadi. Garajlar tuzilishini taxlillar asosida o`rganilganda vaqtinchalik garajlar xoxlagancha joylashtirilganligi natijasida ko`p joy egallaganligi tevarak atrofdagi obodonlashtirish ishlarini ma`lum miqdorda kechiktirishiga olib kelmokda.

Vatanimizning dunyo avtomobil ishlab chikaruvchi davlatlar qatoridan o`rin olishi natijasida bir qancha ishlar amalga oshirildi: Mustakillik yillarida Vatanimizni Dunyo bilan boglaydigan, uzoqni yaqin qiladigan yo`llar, aeroport, yer osti metro yo`llari kabi qator inshootlar bunyod etilayotganini xam aytib o`tish joizdir. O`zbekiston Respublikasi raxbariyati tashabbusi bilan Osiyo mintaqasida joylashgan qo’shni davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar o`rnatish borasida qo`yilgan birinchi qadamlar muvaffaqiyatli bo`ldi.

Bu ishda asosiy e`tibor yosh mustaqil davlatlar xududlari orqali o`tadigan va bir tomondan, Xitoy orqali Tinch okeaniga, ikkinchi tomondan esa Eron va Turkiya orqali O`rta yer dengiziga chiqadigan Transosiyo temir yo`l va avtomobil yo`llarini ko`rishga oid kelishuvga qaratilgan edi. Ayni paytda Kamchik dovoni orkali o`tadigan yo`l ko`rilib axolining ogirini yengil qildi. Viloyatlarda keyingi ikki-uch yil ichida trassa bo`ylab bir qator bozorlar, avtoxizmat korxonalari, shaxar darvozalari ko`rildi. Poytaxtimiz Toshkentda kichik xalqa yo`li paytaxtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining Yana bir yorqin na`munasidir. Ushbu loyixani amalga oshirish jarayonida uzunligi qariyb 35 km. bo’lgan yo`llar jaxon andozalari talablari darajasida qurilmokda va ta`mirlanmoqda. Mazkur qurilish asosan Amir Temur ko`chasidan Xidirali Ergashev ko`chasi orqali shimoliy temir yo`l vokzaligacha bo`lgan xududda amalga oshirilgan. Qarama- qarshi tomonga bir yo`la sakkiz qator mashina xarakatlanadigan eni 32 metrli zamonaviy yo`lbarpo etildi, shu yo`nalish bo`yicha yangi trolleybus qatnovi xam yo`lga qo`yildi.Magistralning eng muxim qismi – ko`prik qurilishi xam katta axamiyatga ega. Shu kungacha barpo etilgan to`rtta ko`prik: Buyuk Ipak yo`li, Parkent, Pushkin ko`chalarida; Farxod, Usmon Nosir, Gavxar, Xamza Umarov ko`chalari chorraxasida
________________________________________________________________________________________________

1.I.A.Karimov «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» T. Uzbekiston, 2000 y.

2.I.A.Karimov «Uzbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlar» T.Uzbekiston, 1997 y.

– Janubiy vokzal ro`parasidagi bu inshootlar kichik xalka yo`lning izchil davomiyligini ta`minlabgina qolmay, avtomobillarning tez, qulay va bexatar xarakatlanishiga imkon yaratadi. Loyixaga ko`ra, ushbu magistal jami to`qqizta ko`prik va bir qancha tunnel orqali o`tib, transportning xech bir moneliksiz xarakatlanishini ta`minlaydi. Mazkur loyixaning yana bir jixati shundaki, u kelgusida poytaxtimizning Yakkasaroy, Xamza, Mirobod, Mirzo Ulugbek, Yunusobod, Shayxontoxur, Sobir Raximov va Akmal Ikromov tumanlarini bir-biri bilan boglaydi.

Shaxarsozlik va me`morlik soxasida kelajakda zamonaviy shaxarsozlik muammosi, respublikamizdagi mavjud barcha shaxarlar ularning bosh rejalari loyixasi bilan ta`minlangan.Ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Fargona kabi tarixiy tashkil topgan shaxarlarda eski va yangi deb ataluvchi qismlarini bir-biriga uzviy qo`shib yuborish, ular orasidagi farqni tugatish yuzasidan katta ishlar qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1997 yil 11 noyabrdagi Farmoniga asosan Xiva shaxrida Ma`mun akademiyasi qaytadan tashkil etildi. Akademiyaning 1000 yilligi shodiyonalariga Xiva shaxri xududidagi yo`llar qayta ta`mirlandi.

Loyixalanayotgan «Urganch shahrida 2 qavatli 100 ta avtomobilga mo`ljallangan garaj va texnik xizmat ko`rsatish shaxobchasi» binosi inson turmush tarzining beqiyos darajada o`sib borishi natijasida texnik jarayonlarning aktivligi bilan boglikligi natijasi jamoat va sanoat binolarining yangi-yangi tiplari va avtomobillar turishi uchun garajlarni yaratishni taqazo etadi.

_______________________________________________________________________

3.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida (1992 yil 14 yanvar) «Jismoniy tarbiy va sport tug`risida»gi qonuni.

ARХITЕKTURA QISMI

Bitiruvchi; Abduraxmonov M

Maslaxatchi; o’qit. Boyjanov A

Diplоm lоyixasi raxbari; o’qit. Boyjanov A

Loyixalanayotgan diplom ishi bugungi kunga kelib mamlakatimizda yuz berayotgan ijobiy jarayonlar orasida axamiyatga egalaridan biri xisoblanadi. Vatanimizning dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoridan o`rin olgan. Asakadagi «UZDAEWO», Samarqanddagi «SamquchAVTO», Toshkentdagi «AvTOSH», xorazmdagi DAMAS zavodi qo`shma korxonalari bunga misoldir. Bundan tashqari xalqaro aloqalarning rivojlanib borishi xam shaxar va qishloqlarimiz axolisining shaxsiy avtomobilga ega bo`lishiga imkon yaratadi. SHuningdek janubiy Qoreya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Chexiya va Yaponiya kabi davlatlardan turli rusumdagi avtotransport vositalarining keltirilishi mamlakatimizda avtomobillar sonining ko`payishiga olib keldi.

Bu loyixani loyixalashdan maqsad Urganch shaxrida avtomashinalar avtomobillarning saqlash joylari yo`qligidir,bu xol ayniqsa xozirgi vaqtda katta muammolar sababiga aylanmoqda chunnki axoli zich joylashgan, bu shaxrimizda odamlar mashinalari qo`yishi uchun joy juda kam xisobanadi.

“Avtomobil turar joyi” muammosi hozirgi zamonaviy yirik shaharda juda o`tkirlashib bormoqda. Haqiqatan ham, avtomobil xonadonda saqlanmaydigan yagona individualg` foydalaniladigan narsadir. Hattoki, avtomabilsanoat yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham xususiy avtomobil vaqtning 95% da foydalanilmasdan turadi. Bunda har bir turuvchi avtomobil uchun ikkita turish joyi zarur bo`ladi: birinchisi – yashash joyidan uzoq bo`lmagan masofada (500m gacha) jamoa garaji bo`lsa, ikkinchisi esa ish joyi yoki xizmat ko`rsatish ob`ekti oldidagi ochiq yoki yopiq avto turar joyidir. Avtomobillarga bo`lgan ehtiyoj vaqt o`tishi sari orta bordi. Avtomobil ishlab chiqarish jadal suratlar bilan o`sdi.

Insonning piyoda yurish o`rtacha tezligi 8km/soat bo`lib, bu tezlik nisbatan katta emas, shunga qaramasdan inson tarixiy davrlarigachayoq Markaziy Afrikadagi Yerning barcha jixatlariga joylashishga ulgurdi. Ot, tuya va boshqa ko`plab hayvonlardan og`ir yuklarni ko`tarishda, tashishda foydalanish insonning mushak kuchlarini boshqa muhim ish va yumushlarni bajarishga sarflash imkonini berdi. Otlarda, tuyalarda zarur bo`lgan joylarga qatnashda va yuklarni tashishda inson tezlikka erishdi, lekin bunday tezlik sezilarli darajada o`zgardi xolos. XIX asrning oxiriga kelib, ichki yonuv dvigatelining ixtiro qilinishi tufayli avtomobillar yaratilishi tufayli inson 10 – 20 marta katta bo`lgan tezlikka erishdi. Avtomobillarga bo`lgan e`tiyoj vaqt o`tishi sari orta bordi. Avtomobil ishlab chiqarish jadal suratlar bilan o`sdi.

“Avtomobil turar joyi” muammosi hozirgi zamonaviy yirik shaharda juda o`tkirlashib bormoqda. Haqiqatan ham, avtomobil xonadonda saqlanmaydigan yagona individualg` foydalaniladigan narsadir. Hattoki, avtomobilizatsiya yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham xususiy avtomobil vaqtning 95% da foydalanilmasdan turadi. Bunda har bir turuvchi avtomobil uchun ikkita turish joyi zarur bo`ladi: birinchisi – yashash joyidan uzoq bo`lmagan masofada (500m gacha) jamoa garaji bo`lsa, ikkinchisi esa ish joyi yoki xizmat ko`rsatish ob`ekti oldidagi ochiq yoki yopiq avto turar joyidir. O`zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Asaka shahrida avtomobil zavodining ishga tushirilishi Respublikamizda avtomobil sanoatining jadal suratlar bilan o`sishiga olib keldi. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, sug`oriladigan yerga ega bo`lgan o`lkalarda joylashgan O`zbekiston shaharlarida yerning tanqisligi tufayli “avtomobil turar joyi” muammosini yechishning yagona to`g`ri yo`li bu individual foydalanishdagi avtomobillarni saqlash uchun ko`p qavatli garaj – mashina turar joylarini ko`rish ekanligini ko`rsatadi. Avtomashinalarni (bundan keyin a/m deb ataladi) joylashtrishning manejli tipidagi garajlarni iqtisod qilish o`z yo`liga ko`ra juda oddiydir: a/m ni yerga joylashtrishda (boks tipidagi garaj) – 25m2, a/m ni ikkita sathda joylashtirishda – 15m2, uch sathda joylashtirishda – 10m2, to`rt sathda joylashtirishda – 8m2, sakkiz sathda joylashtirish uchun – 4,5m2 yuza talab qilinadi. Avtomashinalarni liftlar yordamida elektro mexanik ko`chirishning kompyuterli boshqaruvi garaj – avtomashinalar turar joyi – avtomatlarining iqtisodiyoti yanada samaradordir.

Garajlar –avtomashinalar turar joylari yerga nisbatan joylashishiga ko`ra yer osti, yer usti, ko`p qavatli, aralash tipda bo`ladi. Avtomashinalar larning garajlar – avtomashinalar turar joylari ichida haraktlanishi bo`yicha quyidagicha bo`ladi: o`zi yurar rampali, avtomatlashtirilgan liftli va aralash (avtomashinalarni liftlarda ko`tarish tushirish, bunda manejda a/m larni liftlarda ko`tarish/tushirish, bunda manejda avtomashinaning o`zi inson boshqaruvida harakatlanishi bilan manervlanadi). Avtomashinalarning turar – joyining tipi bo`yicha garajlar quyidagicha bo`ladi: boqsli (lokalli, kam hollarda) va manejli (umuman olganda ochiq joyda, xuddi shahar avtomashina turar joylari kabi keng yuzali).

Loyixaning maksadi shundan iboratki garaj loyixalanayotgan bu xududda ko`pqavatli turarjoy binolari joylashgan bo`lib unda yashovchi odamlarning mashinalari turishi uchun sharoit yaratilmagan,xozirgi vaqtda u yerda yashovchi odamlar mashinalari uylar oldlarida va piyoda yulaklarida qurish mumkun.Bundan tashqari bu xududda ko`pgina idora va tashkilotlar ko`p joylashgan bo`lib unda ishlovchi ishchilarxam kelib mashinalarini qo`yish imkoniyatixam mavjud.

Loyixalanayotgan « Urganch shahrida 2 qavatli 100 ta avtomobilga mo`ljallangan garaj va texnik xizmat ko`rsatish shaxobchasini» inson turmush tarzining beqiyos darajada o`sib borishi natijasida texnik jarayonlarning aktivligi bilan bogliqligi natijasi jamoat va sanoat binolarining yangi-yangi tiplari va avtomobillar turishi uchun garajlarni yaratishni taqazzo etadi.

Turar joy tumanida xarakat tizimini tashkil etish uning tarixiy va funksional tarkibiga ta`sir ko`rsatadi.Turar-joy tumanlari avtomabil transporti va `iyodalar xarakatini ajratishni xisobga olib loyixalanadi.Magistral ko`chalardan tor ko`chalar va mahalliy ko`chalarga kirish va chiqish minimal darajada cheklangan,turar joy xududlaridan ko`ndalang o`tish chetlangan xolda turar-joy va jamoat binolariga qulay kirib kelish taminlanadi.Tor ko`chaning turar-joy binolariga kirishdan uzoqligi 80m dan oshmasligi lozm.Jamoat transporti bekatlari (tranvay,trallebus,avtobus).300-400m oraligida loyixalanadi,tezyurar jamoat transporti bekatlari 1.5-2 km uzoqlikda tashkil etiladi.Bekatlarga etib kelish uzoqligi 500m dan oshmasligi kerak.

Yo`lovchilar va transport xarakat tizimini tashkil etishning asosiy tamoyili ularni ajratish `iyodalar xarakat trassalari aktiv transport xarakati joylarida tor ko`chalar bilan kesishmasligi lozm .

piyodalar xarakati maqsadli va saylgox turlariga bo`lnishi mumkin maqsadli piyoda yo`llari maqsadga: jamoat transporti bekatlariga,turar-joy tuman jamoat markaziga, maktab,stadion va xakazolarga xamda mehnat joylariga eng qisqa yo`lni taminlaydi.

Qurilish meyorlariga ko`ra garajlar 1000 kishiga 150-200 mashina xisobidan loyixalanadi.avtomabil to`xtash joining maydoni 1ga mashinaga 25m ochiq to`xtash joylarida garajlardagi umumiy joyning 30-50%bo`li-shi kerak (bizda 25%)

Garaj va avtomabil to`xtash joylarini ichki tor ko`chalarida tuman xududiga kiraverishda (transport xarakatiga xalaqit bermasligi uchun) joylashtirish er ostidan foydalanish tavsiya etiladi.To`xtash joylari axoli uchun qulay joylashtirilishi va turar-joy muhitining sanitar holatini buzmasligi kerak.

Asosiy masala Urganch shaxrida yashovchi va idora ,tashkilotlarga keluvchi avtomobillar turishi uchun garaj binolarini loyixalash va avtomobillar turishi uchun qulay sharoitlar yaratishda iboratdir. Garaj binosini asosan urganch shaxrining markaziy qismida (6 kichik daxaning shimoliy qismida) garaj binosini loyixalab avtomobillar turishini tartibga solish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun inshaot sifatida Urganch shaxridagi ko`p qavatli uylar oldiga loyixalandi. Xorazmda hozirgi kungacha mashinalar qo`yish uchun ko`p qavatli garaj binosi shaharsozlik nuqtai nazardan kam o`rganilgan. Xorazmdagi kop qavatli turar-joy binolari va unda yashovchi odamlarning mashinalari qo`yishini yetarli darajada tadqiq qilishmagan. Ayniqsa urganch shaxrining markaziy qismlari mashinalar joylashish yechimlari deyarlik taxlil etilmaganligi uchun ushbu hudud tanlab olindi.

Diplom loyixasi mavzusi « Urganch shahrida 2 qavatli 100 ta avtomobilga mo`ljallangan garaj va texnik xizmat ko`rsatish shaxobchasini loyihalash» bo`lib u o`z ichiga amaliy tekshiruvlar, taxlil qilish, avtomobillar tirband bo`lib qolgan shaxar ko`chalari yoki yo’laklardagi avtomobillarni aniqlab, garaj binosini loyixalash bo`yicha manbalarni urganish va loyixaviy takliflarni ishlab chikishni o`z ichiga oladi.

Mening diplom loyixam “Urganch shahrida 2 qavatli 100 ta avtomobilga mo`l- jallangan garaj va texnik xizmat ko`rsatish shaxobchasini loyihalash” bu bino quyidagi tarkibdan tashkil topgan bo`lib Urganch Shaxrining 6-daxasi shimoliy qismiga joylashtirdim, binoni bu erga loyixalashimdan asosiy maqsad bu yerda kop qavatli binolar kop joylashgan va unda yashovchi oamlarning mashinalarini qo`yishi uchun talabga mos keladigan garajlar yo`q, bundan tashqari bu yerlarda bir qavatli shaxsiy garajlar xam qurilib turibdi va shaxarni qayta layialash to`g`risidagi qonunlarga asosan bu garajlar buzulishi kerakligi xaqida-gi qonun va farmonlar chiqqan shu sababli loyixalanayotgan garaj binosini shularni o`rniga qurishni jois deb topdim.

Bino asosan 2-qavatdan iborat bo`lib bino pishiq g`ish, temir beton,ustunlar,monolit,balka shu kabi konstruksiyalardan qurilgan,Binoning old tomon shimoliy qismida 2ta kirish va chiqish darvozasi loyixalangan,darvozalar xar qaysisi 3.6m dan,bino ichiga kiraverish chap tomonda mashinalar kirib chiqishini tek-shiruvchi dispecher xonasi joylashgan va mashinalar birin ketn 1-qavat toplgandan keyn 2-qavat bo`ylab joylashishadi.Binoning xar ikkala(shimol,janub)tomonlarida zinapoyalar loyixalangan bo`lib xar qanday avariya xolatida xaydovchilar chiqib ketish imkoniga ega va sharqiy zinapoya bilan birgalikda xaydovchi-lar uchun erkaklar va ayollar xojatxonalarixam loyixalangan bundan tashqari binoning shimoliy sharqiy tomonida mashinalar evaquatsiya paytida chiqib ketishi uchun qo`shimcha yana bitda darvoza joylashti-rilgan, binoning birinchi qavati mashinalar turish joyi 1564,400m2 bo`lib bu yerga 40 ta avtomashina joy-lashgan.binoning mashinalar 2-qavatga ko`tarilishi uchun pandus(aylana)shaklida loyixalangan.

Garaj binosining orqa tomoni mashinalarga xizmat qilishi uchun tex xizmati qilib loyixalangan bu yerda mashinalarga bir vaqtni o`zida moy almashtirish,yuvish tex xizmati va boshqa ishlar qilinishi mumkin va ishchilar ovqatlanish,pishirish,T.X.K bolimi tex bosh muxandis xonasi joylashgan.

Binoning 2-qavati 3tomondan yoritilgan bo`lib mashinalar turish joyi 1904,350 m2 Bo`lib bu yerga 58 ta mashina joylashadi.Bu loyixani yanada arzonlashtirish uchun 2-qavatini ustunlari faqatgina chekka devorlaridan va markaziy qimidan ustunlar loyixalangan va pishgan g`ishtni o`rniga ustunlar oralig`iga profnastil materiali bilan loyixalangan,chunki bunday qilishdan asosiy maqsad birinchi navbatda arzon qilish va bino uchun engil xisoblanadi.Tomyopma qismiga esa 18m dan metal ferma qilib qurilgan va fermani ustudan profnastil qilib nishab shaklida loyixalanga.

Shaxar transport tarmog`I mahalliy ko`chalardan tashqari ichki va yordamchi ko`chalarni o`z ichiga oladi.

Ichki tor ko`chalar imoratlarga borish uchun,yordamchi tor ko`chalar xizmat ko`rsatish transporti uchun foydalaniladi.

Shaxar transport tarmog`ini loyixalaganda,asosiy shart-bu axolini xayoti va faoliyati xafsizligini ta`minlash xamda shovqunsuron,chang,gazdan maqsimol ximoya qilish.Tor ko`chalarini loyixalaganda transport xarakat va katta xarakat tezligidan qochish kerak shuning uchun typiqli va xalqali tor ko`chalar qo`llaniladi. uylar guruhiga kirish uchun 2 tomonlama tor ko`chalarning kengligi. 6m,1 tamonlama va tupiqli ko`chalar uchun 3.5-4m olinadi.

Tupikli tor ko`chalarining oxirida 12x12m li qayrilish maydonchasi yoki R10m li aylanma yoki T-simon qayrilish maydonchasi.Uning minimal radiusi ichki tomon bo`yicha:Asosiy tor ko`chalarda 10m.Yordamchi tor ko`chalarda 8m ni tashkil etadi.Shaxarning barcha imoratlariga yong`inga qarshi 3.5-6m li ko`chalar: 9-qavatdan past turar joylar va 5-qavatdan past jamoat binolariga bir tamondan 9-qavatdan baland turar joylar va 5-qavatdan baland jamoat binolariga ikki tamonlama tor ko`chalar kuzda tutilmog`I lozm.

__________________________________________________________________

Ubaydullaev X.M., Abduraxmanov Y.I., Setmamatov M.B. Jamoat binolari tipologiyasi 2-qism.Toshkent 2000 y.

Tolipov K., Inogamov B.I., Setmamatov M.B. «Arxitektura kompozitsiya nazariyasi » Toshkent 2002 y.

Yong`inga qarshi tor ko`chalar va imoratlarning devori orasida to`siqlar va daraxtlar joylashtirilishi mumkin emas eni 3.5va uzunligi 100m dan oshiq tor ko`chalarda uzunligi 1.5m va eni 6m li. O`tish qismi bilan birga qayrilish maydonchalari ko`zda tutilmog`l lozm.Tor ko`chalar ko`chalarning o`tish qismiga loyixalanayotgan tumanlarda kopi bilan 300m va qayta qurilayotgan peremetrlar qurilmasi tumanlarda kopi bilan 180m oralig`ida tutashmog`I kerak.

Turar joylarga olib boruvchi tor ko`chalar va `iyoda yo`llarni turar joy va jamoat binolari devorlaridan kamida 5m uzoqlikda o`tkazish lozm.

Xonalar nomlari kv

1.Mashinalar kirish va chiqish joyi 266,79

2.Dispecher xonasi 15,68

3.Mashinalar turish joyi 1-qavat 1548,72

4.Zinapoya 19,76

5.Xojatxona E 6,98

6.Xojatxona A 10,08

7.Mashinalar chiqishi uchun qo`shimcha darvoza

8.Qo`riqchi xonasi 21,23

9.Tibbiy xona 8,23

10.Kutish xonasi 10,40

11. 2-Qavatga chiqish 75,30

12. 1-Qavatga tushish 129,44

13.Mashinalar turish joyi 2-qavat 19004,35

14.Sanitariya xonasi 21,23

AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH

15.Oshxona ombori 7,01

16.Pishirish xonasi 10,20

17.Ovqatlanish xonasi 29,12

18.Garaj boshlig`i xonasi 18,48

19.Bosh muxandis xonasi 18,48

20.Texnik xizmat ko`rsatish joyi 38,08

21.Mashinalarni yuvish joyi 38,08

Garaj binosini loyihalashga bir qator, funktsional, badiiy-estetik qonstruktiv, sanitar gigiena, yong`inga qarshi, zilzilaga qarshi, iqtisodiy va boshqa talablar qo`yiladi.

Loyihalashga qo`yiladigan funktsional va badiiy-estetik talablar oldingi bo`limlarda yetarlicha yoritilgan. Funksional talablar binoni tashkil qiluvchi xonalar orasidagi qulay funktsional bog`lanishlarni, xonalarning o`ziga, garaj binosi va uchastkasiga qo`yiladigan funktsional talablarni o`z ichiga oladi. Badiiy-estetik talablar binoning arxitekturaviy kompozitsion tuzilishiga, uning atrof-muhit va tabiiy landshaft bilan uyg`unligiga qo`yiladigan talablardir.

Konstruktiv talablar. Garaj binolari konstruktsiyasiga va qurilish materiallariga ko`ra qo’ylgan turga bo`linadi:


  • qarqas-panelli,

  • yirik panelli,

  • yirik bloqli,

  • g`ishtli.

Qarqas-panelli garaj binolari eng qulay va ko`p qo`llaniladi. Bunday binolarda erkin va o`zgaruvchan rejalashtirish imkoniyatlari katta. Foydalanish davrida ham ayrim xonalarni o`zgartirib rejalashtirish mumkin. Ommaviy qurilishda 6x6 metr va 6x9 metr proletli qarqas to`rlari ishlatiladi.

Yirik panelli va yirik bloqli garaj binolari ommaviy qurilishida juda kam qo`llaniladi.

G`isht binolar hozirgi paytda eng ko`p tarqalgan bino turidir. G`ishtdan qurilgan garaj binolari qimmat bo`lsada, iqlim talablariga javob berishi, qurilishda unchalik murakkab texnika vositalarini talab qilmasligi bilan boshqalardan ustun.

Barcha turdagi garaj binolarida qavatlar balandligi poldan shipgacha 3 metrga teng. Tashqi yuk ko`taruvchi g`isht devor qalinligi - 51 sm, ichki yuk ko`taruvchi devor qalinligi - 38 sm, oraliq devorlar qalinligi - 14 sm ni tashkil etadi.

Sanitariya-gigiena talablari. Garaj binosida qulay sanitariya-gigiena sharoitlari yaratilgan bo`lishi lozim. Avtomobillarga servis xizmat kursatish xonalari yetarli darajada yoritilgan, insolyatsiya va shamollatish imkoniyatlari bilan tahminlangan bo`lishi lozim. Servis xizmat kursatish xonalarining eng yaxshi orientatsiyasi  janub,  janubiy-sharq va sharq tomonga qaratib orientatsiya qilishdir. Asosiy avtomobillar turish joylarida yelvizak yoki burchak shamollatish yo`lga qo`yilgan bo`lishi kerak. Yelvizak shamollatishni rekreatsiya xonalari, shaxtalar yoki yo`laklar orqali amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Garaj binosining barcha asosiy xonalari tabiiy yorug`lik bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. "Qvadrat" shaklidagi va "ko`ndalang" binolarda ikki tomonlama yoritish lozim bo`ladi. Ikkinchi tomondan yoritishni rekreatsiya orqali (framugalar yordamida) yoki yuqoridan yoritish orqali amalga oshirish mumkin. Xo`jalik xonalari, avtomobillarni yuvish, anjomxona va omborxonalarni sunhiy yoritishiga ruxsat etiladi. Men loyixalagan binolarda yuqorida qayd etilgan barcha talablar etiborga olib loyixalangan.

Yong`inga qarshi talablar. Yong`inga qarshi talablarga amal qilinishi va evakuatsiya talablarining bajarilishi garaj binosini loyihalashda asosiy vazifalardan biridir. Yong`inga qarshi tadbirlar ham qonstruqtiv, ham rejalashtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar binoning yong`inga chidamlilik darajasiga qarab belgilanadi.

Barcha gorizontal va vertiqal kommunikatsiyalar tizimi evakuatsiya yo`llari sxemasini tashkil etadi. Binodan chiqish vaqti oddiy holatlarda 10-15 minutni, favqulodda holatlarda 2-3 minutni tashkil etishi lozim.

Binodan evaquatsion chiqish yo`llari kamida ikkita bo`lishi kerak. Kirish chiqish yo`lakalarida transport yo`llarini loyixalash QMQ asosida bo`lib, unda kirish-chiqish joylarining eni 3,5m. dan 5,5 m. gacha qabul qilinishi mumkin.

Evaquatsion chiqish yo`llari odamlar soni va oqimini hisobga olgan holda bino bo`ylab teng taqsimlanadi. Yo`llar kengligi garaj binolarida kamida 6,30 dan 9 metrgacha qilib belgilanadi. Yo`llar bir tomonlama avtomobillar joylashuvida 6,30 metr, ikki tomonlama joylashuvida 12 metr olinadi. Yo`lak uzunligi bir tomondan yoritilganda 24 metrdan, ikki tomonlama eshigidan chiqish joyigacha 100 metrdan ko`p bo`lmasligi kerak. Yo`lak uzunligi 60 metrdan oshsa yonmaydigan oraliq devor qo`yiladi.

Zilzilaga qarshi tadbirlar ko`proq binoning qonstruqtiv xususiyatlari bilan bog`liq. Binoning qonstruktiv yechimlari, devorlar, yuk ko`taruvchi qonstruktsiyalar turlari va o`lchamlari, poydevorlar bino quriladigan joyning seysmik xususiyatlariga qarab belgilanadi. Garaj binosining rejaviy tuzilishida zilzilaga qarshi tadbirlar binoni sodda rejaviy tuzilishi, murakkab shaklli rejada zilzilaga qarshi, deformatsion choklarni qo`llashda namoyon bo`ladi. Agar bino rejaviy tuzilishi murakkab bo`lsa, u deformatsion choklar orqali sodda qismlarga ajratiladi.

Bino tarzi zamonaviy va milliy arxitekturaviy uslubda loyixalangan. Asosiy kirish qismi assimmetrik ko’rinishga ega. Yarim podval va birinchi qavat ko`rinishi beshta vitraj oynalari bilan chiroyli ko’rinishga ega. Yarim podval birinchi qavat bilan uygunlashgan. Ustki yakunlovchi qismi zamonaviy alyukopan materialidan qilingan. Binoga ikkita kirish qismi darvozalari kulrang qilib metaldan qilingan. Binoning birinchi qavatiga chiqib tushadigan pandus atrofi xam zamonaviy jigarrang granit materialidan qilingan. Binoning ichki yoritilganligi talab darajasida bajarish etiborga olingan.

Garaj binosi yozda va qishda ishlash imkoniga ega. Bosh rejada ajratilgan maydon mavjud bo`lib, loyixalanayotgan bino maydoni atrofi ko`kalamzor kilingan. Loyixalanayotgan garaj binosi maydoni atrofi Xorazm iqlim sharoitida o`sadigan mevali va manzarali daraxtlar bilan obodonlashtirilgan.
Maydonning umumiy balansi

T/r

Maydonning funktsional xududi


gektar

% da

1

Binoning qurilish maydoni







2

Kukalamzorlashtirilgan maydon







3

Maydonning umumiy xajmi






Binoning qompozitsion yechimi bino uchun ajratilgan xududga mos tushgan. Qompozitsiya mehmoriy asarlarda ishlatiladigan badiiy vositalarning o`zaro bogliqligini aniqlaydi. O`ymakorlik uchun spetsifik va asosiysi badiiy vositalarining ifodalanishi ya`ni uning formalarini fazo va teqtonikasini tashkil qilishdir. (Teqtonika qonstruktsiya va material ishlashining tashqi badiiy ifodalanishidir.) Bu ikki boglik vosita fazo va uni tashkil qiluvchi qobigi mehmorchilik asarida ajralmasdir. Fazoni tashkil qilish uymakorlikda funktsional texnika qonstruktiv va estetik talablarga buysunadi.

Bu yerda nafaqat ideal estetik ifodalanishda, balki insonning psixofiziologik xis-tuygulariga xam javob bo`ladi. Bu esa mehmorchilikning barcha rivojlangan davrlardagi formalarining tarkib topish usullarini aniqlaydi. Bunday usullarga: simmetriya va asimmetriya, nyuans va qontrast, ritm, bo`lak, umumiylik orasidagi praportsiya xamda moslashishning mahlum tiqlanishlari misol bo`la oladi.

“Etalon avtomobil”

Garaj –avtomashinalar turar joyi “etalon”(o`rtacha) avtomobilning texnik parmetrlari bo`yicha hisoblanadi: uzunligi -410sm, eni-170sm, balandligi-160sm, minimal tashqi gabaritli burilishi radiusi -5,5sm . ko`p sonda (massali) ishlab chiqariladigan avtomobillarning texnik xarakeristkalari 1-ilovada keltirilgan.

Qavatli manejga avtomobillarni joylashtirish.

Qoidaga ko`ra, o`tish yo`liga 900 burchak ostida to`g`ri burchakli bosh berk turar joylari qabul qilinadi va bir qator turar joylar iqtisodiy jihatdan samaralai deb hisoblanadi. Avtomashinalarning mahlum soni uchun avtomashinalarni ikki qatorli boshi berk holatda joylashtirish ham mumkin. Bunda dastlab avtomashinalar birinchi mustaqil qatorga aniq grafikaga asosan joylashtiriladi yoki o`sha qatordan chiqariladi, so`ngra 1 minutdan keyin ikkinchi mustaqil qatorga joylashtiriladi yoki undan.

Avtomashinalarni bunday joylashtirish garaj avtomashinalar turar joyining foydali sig`imini oshiradi va avtomobillarni saqlashda minutli grafikdan foydalaniladigan va bu grafikni puxta bajaradigan mijozlar uchun abonement to`lov miqdorini pasaytiradi. Devorlar va avtomobillarning orasidan masofa 0,5 m ni tashkil etmishi va undan oshib ketmasligi avtomashinalar va qalonnalar o`rtasidagi masofa 0,3 m dan kam bo`lmasligi loimi.Avtomshinalar va qonstruqtsiyalarning shikastlanmasligi uchun avtomashinalarning kiritish- chiqarishda xavfsizligini kafolatlashi uchun d=50-70 mm bo`lgan quvurlardan ishlangan g`ildirak qaytargichlardan foydalaniladi. Bu g`ildirak qaytargichlar pol sathidan 100 mm balandlikda qalonnalar va tashqi devorlarga yaqin joylarda avtomashinalarning harakatlarini chegaralash uchun polga o`rnatiladi. Bitta yo`nalishda eni 7,0 bo`lgan qavatlardagi yurish (o`tish) yo`llari avtomashinalari ikki tomonlama boshi berk holatda joylashtirishda hizmat qiladi. O`zbekiston uchun eng ko`p sonli bo`lgan Tico, Matiz, Nexia avtomobillarni qulay joylashtirish maqsadida garaj avtomashinalar turar joylarini loyihalashda qalonnalarni o`rnatishning 9,0x9,0 m li turidan foydalanish tavsiya etiladi.


__________________________________________________________________

В.В.Шестокос «Город и транспорт» М.Стройиздат 1983 г. Д.С.Самойлов «Городской транспорт» Изд. 2-С. М.1983 г


Ko`p sonda (massali) ishlab chiqariladigan avtomobillarning texnik xarakteristkasi

Avtomobil markasi

Dvigetel hajmi- quvvat/o.k

Bo`yi

sm


Eni

sm


Balandligi

sm


D pop

m


“Etalon” avtomobil

---------

410

170

160

11,0

Daewoo –Tico

0,8-41

334

140

139

8,8

Daewoo – Matiz

0,8-56

350

149,5

147

8,8

Daewoo – Nexia

1,5-75

448

166

139

10,6

Lada - Nova

1,7-80

404,5

161

144

11,2

Lada – 110

1,5-79

426,5

167,5

143

11,0

Lada - Niva

1,7-82

372

168

164

11,6

Volga 3102/3110

2,0-136

487

180

148

11,6

`eugeot 106

1,1-60

368

159

138

11,0

`eugeot 306

1,4-75

426,5

169

138

11,0

`eugeot qabiriolet

2,0-133

418

169

138

11,0

Renauet

1,4-75

413

170

142

11,4

Audi A3

1,6-101

415

173, 5

142

10,9

Audi A4

1,6-101

448

173, 5

141

11,5

panduslar

Og`ma (qiya) tekislik bo`lib, qavatlar orasidagi bu tekislik bo`yicha avtomashinalar yurib ko`tariladi. Bu qiya yo`llar(tekisliklar) to`g`ri chiziqli va egri chiziqli (aylana shaklida) bo`lishi mumkin, bunda bir tomonlama aylana yo`lga ega bo`lgan rampalar ancha qulayroq bo`ladi, chunki burilishning bitta radiusida zarur bo`lgan qavatga bitta ramp bo`yicha yetib olish va boshqasiga ham kirib borish mumkin. Shunday qilib 200-600 j/m (joy/ mashina) sig`imi garaj avtomashinalar turar joylari ikkita bir xil yo`lga ega bo`lgan ramplarga ega bo`ladi: bittasi avtomashinalarning ko`tarilishi uchun, ikkinchisi ularni tushirishi uchun hizmat qiladi. Ramplarning qiyaligi graduslarda, foizlarda yoki balandligining qiya tekislik gorizontal proektsiyasining uzunligiga nisbati bilan ifodalandi 10 (gradusli) qiyalik 1,7% ga, `20`` ga teng bo`ladi. Zamonaviy avtomobillar uchun bu qiyalikka 1% da -14 0 dan 180 gacha yoki qavat balandligining ramp proeqtsiyasiga bo`lgan 1:4 dan 1:3 nisbatlarida bo`lishi mumkin, ya`ni rampning reja (tarx) dagi chizilishiga va uzunligiga bog`liq ravishda 24 dan 31 % gacha bo`lishi mumkin. O`tish maydonlarida rampning manej gorizantaliga bo`lgan qiyaligi avtomobilning ramp uchun mo`ljallangan bazasidan ikki marta kichik bo`lishi lozim. O`tish maydonsining qiyaligi 7-8% dan oshmasligi lozim (rampning qiyaligi 15% bo`lgan holatda). Ramplarning o`rtacha qiyaliklari quyidagicha bo`ladi: qiya pollar uchun – 1:25 yoki 4%; aylanma ramplar uchun -1:12yoki 8,5% ; to`g`ri burchakli ramplar uchun -1:8 yoki 12,5%: yarim ramplar uchun -1:7 yoki 14,5 %. Bitta yo`lli ramplar uchun tavsiya etiladigan qiyalik- 1:10 yoki 10 % ni tashkil etmishi taqoza etiladi. Bitta yo`lli ramplarda avtomashinalarning o`tish qismining eni quyidagicha qabul qilinadi: a) to`g`ri chiziqli ramplar uchun avtomobilning eni katta eniga 0,8 sm qo`shiladi, lekin bu yo`lning eni 2,5m dan kam bo`lmasligi va bu o`lchamga ikki tomondan piyodalar yurish yo`lakchasining 0,75 x2 = 1,5 o`lchamli qo`shiladi; b) aylanma ramplar uchun ramp bo`yicha harakatlanayotgan eng katta avtomobilning reja (tarx) dan proeqtsiyasida hosil bo`ladigan yo`lka eniga + 1 m qo`shiladi, bunda bu o`lcham 3,5 m dan kam bo`lmasligi lozim (ikki tomondan piyodalar yurish yo`lakchasining 0,75 x2 = 1,5 m li eni qo`shiladi). Aylanma ramplar uchun qiyalik rampning bo`ylama o`qi bo`yicha hisoblanadi.

Avtomatlashtirilgan garajlar.

to`liq mexanizatsiyalashtirilgan bo`lib, bunda maxsus universalg` platformalar harakatlanib, ularga ko`chiriladigan avtomobillar avtomatik tarzda mahkamlanadi. Keyingi yillarda avtomobillarni vertiqal ko`chiradigan va vertiqal holatda saqlab turadigan (avtomobilning oldingi ko`prigidan osgan holda) avtomatlashtirilgan garaj avtomashinalar turar joylari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. Bunday garaj avtomashinalar turar joylarning ancha kam joy egallashi bilan harakatlanadi.

Loyiha grafik qismining tarkibi:

An`anviy grafikada bajariladigan loyihalar uchun:

- zonalarning xizmat qismi bilan garad avtomashinalar turar joylari kompleksining bosh rejasi, M 1:500;

- tashqi reqlamani ikkita tasvirlaydigan rangli fasadlar (super grafika bilan), M 1:200, 1:150;

- birinchi qavat va takrorlanadigan qavatlarning rejasi (tarxi), bunda xonalarning eqsplikatsiyasi ham bajariladi, M 1:200, 1:150;

- Ramp avtomashinalarning, lift ko`targichi joylashgan o`rni bo`yicha qo`ndalang qirqim,M 1:100, 1:150;

-perspektiva (aksonometrik ).Bularning hammasi 80x90 o`lchamdagi 4 ta planshetlarda bajarilgan.



Download 1.06 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxarlarning avj olib rivojlanishida asosan transport yo`lining axamiyati juda katta o`rin tutadi

Download 1.06 Mb.