|
Sotsial va siyosiy (kontekst) tomonlarini ko‘rib chiqingBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariSotsial va siyosiy (kontekst) tomonlarini ko‘rib chiqing
-
Ichida
a’zo-kutubxonalar faoliyat ko‘rsatadigan siyosiy
tuzilmalardagi o‘ziga xosliklardan o‘z foydangizga foydalaning. Siyosiy
tuzilmalar markazlashgan yoki tarqoq bo‘lishi mumkin. Kutubxonalar
rahbariyatining kuchli boshqaruviga bo‘ysunadigan bo‘lishi mumkin
yoki budjetda xodimlarni jamlashda yoki boshqaruv tuzilmasida
yetarlicha erkinlikka ega bo‘lish mumkin.
- Konsorsiumni tuzish va faoliyat ko‘rsatishi uchun kuchli va obro‘li
shaxslarni ishga jalb qilishga harakat qiling. Asosiy figuralar muhim
siyosiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashlarni ta’minlashlari mumkin.
Konsorsiumdan foydalanuvchilarga bo‘ladigan foyda kutubxonachilar
uchun eng katta foyda bo‘lishligini har doim ta’kidlamoq joizdir.
Yaxshi natijali konsorsiumlarning umumiy tasniflarini aniqlang
- Konsorsium yaqqol aniqlangan va o‘lchanuvchi natijalar bilan
to‘g‘ri aniqlangan missiya va maqsadlarga egadir;
- Bu tashkilot hayoti faol, moslashuvchan va ijodiydir;
- Konsorsium kutubxonalar va foydalanuvchilarga qo‘shimcha
imkoniyatlar beruvchi programma va xizmatlarni ta’minlaydi;
- Konsorsium a’zolari keng va faol ishtirok etadigan tashkilot
hisoblanadi va uning a’zolari konsorsium yutuqlaridan manfaatdor
bo‘ladi hamda yutuqlarga erishish uchun zarur holatlardan yon
berishlarga ham borishga tayyor bo‘ladilar;
- Konsorsium ma’lum homiylik qo‘llab-quvvatlashlariga va o‘zi
tomonidan to‘ldiruvchi moliyaviy bazaga ega;
- Konsorsium guruhlar orasida kuchli liderlarga, yaxshi rivojlangan
va yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tuzilmasiga ega;
- Konsorsium, a’zolar orasidagi uzluksiz aloqalarni rag‘batlantirishga
yo‘naltirilgandir;
- Missiyani bajarish uchun o‘z xohishiga ko‘ra yoki moliyalanuvchi
shtat orqali bajarilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda xodimlarni adekvat
ravishda butlash imkoniyatining mavjudligi.
|
| |