EIFL.NET xalqaro kutubxona konsorsiumi




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/142
Sana14.09.2024
Hajmi3 Mb.
#271075
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   142
Bog'liq
1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

4.2.EIFL.NET xalqaro kutubxona konsorsiumi 
Quyida xalqaro EIFL konsorsiumi misolida kutubxona konsorsiumi 
qurish strategiyasi va mexanizmlari haqida ma’lumot berilgan. Axborot 
umumiy muammolarini hal qilish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishni, 
o‘zlarining moddiy, xodimlar va vaqtga bog‘liq zaxiralarini tejashni 
xohlovchi tashkilotlar uchun muhim ahamiyatga ega. 
YEIFL – tarmoq bu yangi, mustaqil, notijorat, xalqaro konsorsiumi 
bo‘lib, o‘tish davridagi barcha kutubxona foydalanuvchilarining elektron 
axborot 
ehtiyojini 
yuritish, 
ta’minlash va himoya qilishga 
ixtisoslashgandir. Hozirgi vaqtda EIFL – tarmog‘i 40 dan ortiq a’zo – 
davlatlarga ega bo‘lib, istiqbolda 70 dan ortiq davlat bo‘lishi ko‘zda 
tutilgan. YEIFL konsorsium a’zolari orasida kutubxonalar nomidan bu 
davlatlarda manbalardan birgalikda foydalanish va hamkorlik orqasi 
global axborotga kirish uchun samarali, qulay, o‘z vaqtida xizmat 
ko‘rsatish va uning dasturini ishlab chiqish va tarqatishga yo‘naltirilgan. 
Birinchi uch yildagi moliyaviy barqarorlik Ochiq Jamiyat institutining 
jiddiy qo‘llab-quvvatlashi orqali bo‘lishi mumkin.
Missiyasi:
EIFL kutubxona konsorsiumlarining o‘tish davrida 
konsorsiumga a’zo – davlatlar kutubxonalari foydalanuvchilarning 
axborotga kirishini ta’minlash, yuritish, qo‘llab-quvvatlash, asoslash va 
himoya qilishga yo‘naltirilgan xalqaro konsorsiumidir.
Faoliyati.
EIFL tomonidan: (1) kuchli milliy konsorsium 
shakllanishiga yordam beradi; (2) tijorat axborot xizmatlariga kirishni 
ta’minlash uchun muzokaralar olib boruvchi davlatlararo bosh shaxs 


131 
hisoblanadi; (3) lokal raqamli manbalar ishlanmalarini qattiq turib 
himoya qilish; (4) yetkazib beruvchilar bilan kuchli markazlashtirilgan 
aloqalarni ta’minlash; (5) axborotlarga kirishni kengaytirishga imkon 
beruvchi xalqaro ekspertiza va manbalarni ta’minlash; (6) ta’lim va 
maslahat xizmatining yuqori sifatini ta’minlash; (7) samarali axborot 
distributiv moddalarini qabul qilish va ilgari surish bo‘yicha himoyachi 
bo‘lishi; (8) xalqaro moliyaviy agentlar, fondlar, agentliklar, konsorsium 
guruhlari, yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik modellarini ishlab 
chiqish ko‘zda tutiladi.
Ahamiyati.
EIFL – tarmog‘i va uning a’zolarining asosiy 
prinsiplari quyidagilar bo‘lish kerak: hamkorlik (barcha a’zolar bilan 
teng huquqli hamkorlik va demokratik ishtirok etish); aniq yo‘nalish; 
tarmoq a’zolari va jahon hamjamiyati bilan yaqin aloqa; noziklik 
(nozikligini, ijodiy yondashuv va yechimning samarali tannarxi); 
manbalar va g‘oyalardan birgalikda foydalanish uchun, xarid qilish 
imkoniyatlarini 
olgan 
holda 
a’zolarni qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirish; standartlarga asoslanish.

Download 3 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   142




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish