|
M. A. Sattarov, D. Q. Bekmuratov kompyuter
|
bet | 9/19 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #137865 |
Bog'liq 61b198dd982d63.85766431 topshiriq.
Lokal IP-manzilning fizik (qurilma) manziliga mosligini tekshirish. Qanday tarmoq interfeyslari sizning kompyuteringiz bilan aloqa o’rnatganligini tekshirish.
MS Windows OTda moslikni aniqlash uchun “Buyruqlar satri” ga “arp -a” buyrug’i yoziladi va “Enter” tumasi bosiladi. “-a” kalit so’zi “arp” buyrug’i orasi bo’sh joy bilan ajratiladi. Bu buyruq bajarilgandan so’ng “Buyruqlar satri” oynasida lokal tarmoqlarda lokal IP-manizlning fizik manzilga mosligi haqida axborot paydo bo’ladi (2.4-rasm).
2.4-rasm. Lokal tarmoqlarda lokal IP-manizlning fizik manzilga mos kelishi. Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiriting.
topshiriq.
Olingan natijalar laboratoriya ishi bo’yicha hisobotga kiriting.
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobotni shakllantirish bo’yicha ko’rsatma
Hisobot quyidagi bo’limlardan iborat bo’lishi shart:
Nomi, ishning maqsadi.
Bajarilgan laboratoriya ishining tavsifi, har bir bajarilgan ish bo’yicha xulosalar.
Foydalanilgan manbalar (kitoblar, jurnallardagi maqolalar).
Laboratoriya ishi topshiriqlari
1. Ikki kompyuterni kabel va Wi-Fi tarmog’i orqali ulang. Yuqorida ko’rsatilgan 5 ta topshiriqlarni bajaring.
Laboratoriya ishi №3
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq qurilmalarini tanlash va ularni ulash.
Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq qurilmalarini tanlash va ularni ulash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi
Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi.
Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi standart boshqarish tugmalari joylashgan.
3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan bosh menyular satri joylashgan:
|
| |