• Regeneratorning tuzilish sxemasi
  • Regeneratorning ishining vaqt diagrammasi
  • Raqamli TOATda regenerator qoMlanilgan optik liniya traktining tuzilish sxemasi
  • M. B. Abdujapparova 2024 y




    Download 1,02 Mb.
    bet3/17
    Sana26.07.2024
    Hajmi1,02 Mb.
    #268709
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    DI uzb

    Xarakteristikasi

    Regenerator

    Optik kuchaytirgich

    Tuzilishi

    Murakkab

    Oddiy

    Narxi

    Arzon

    Qimmat, biroq arzonlashmoqda

    Puxtaligi

    Yuqori

    Juda yuqori

    Signalni
    regeneratsiyalash

    Bajariladi

    Bajarilmaydi

    Uzatish tezligiga bog'Iiqligi

    BogMiq

    Bog‘liq emas

    Bir vaqtda bir necha signallarni uzatish imkoniyati

    Mavjud emas

    Mavjud

    Signal shovqin nisbati

    Yuqori

    Past

    Qo'llanish sohasi

    Lokal, mintaqaviy va mintaqalararo tarmoqlar

    Mintaqaviy va mintaqalararo tarmoqlar

    Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topganligi uchun ularning tuzilishi oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojning oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. Optik ku- chaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, optik kabellar suv ostiga yotqizilganda, retranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi. Optik kuchaytirgichlaming ishi signallarning uzatish tezligiga bog‘hq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi. Optik kuchaytirgichlar esa kuchaytirish sohasining berilgan orahq chegarasida turli to'lqin uzunhkli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. .


    Optik kuchaytirgichlar regeneratorlardan farqli ravishda optik signaharni elektrik signaharga aylantirmay kuchaytiradi. Kuchaytirgichlar optik signallarning shaklini tiklamaydi, faqatgina kuchaytiradi, buning ustiga signal tarkibiga qo‘shimcha shovqinlar qo‘shadi. Ko‘p kanahi optik tizimlarda har bir punktda har bir optik kanal uchun alohida regenerator talab qhinsa, bir necha optik kanallar uchun bitta optik kuchaytirgich kerak bo'ladi. Oddiyligi va ishonchliligining yuqoriligi optik kuchaytirgichlarning afzalligidir. Shuningdek, optik kuchaytirgichlaming ishi uzatish tezligiga bog‘liq emas, regeneratorlarda esa aksincha.

    1.1-rasm. Regeneratorning tuzilish sxemasi

    Sxemada:
    OK — optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli);


    OEO‘ — optoelektron o‘zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi.
    OEO‘ sifatida p-i-n fotodiodi yoki ko‘chkili fotodiod ishlatiladi;
    DK — dastlabki kuchaytirgich;
    AK — amplituda korrektori, optik kabelda birinchi navbatda dispersiya tufayli hosil bo‘ladigan buzilishlami qisman bartaraf etadi;
    Q.QF — qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig‘idan tashqaridagi shovqin va buzilishlarni bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog‘liq ravishda chastota oralig‘ini chegaralaydi;
    SAB — sathni avtomatik boshqaravchi qurilma, elementlarning eskirishi, harorat ta’siri natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarining o‘zgarishidan regenerator kirishidagi signallar o‘zgarganida bu signallar sathining doimiyligini ta’minlaydi;
    BQ — boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signailar ta'sirida OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’min- laydi;
    Reg — regenerator, elektr impulslari shaklini tiklaydi;
    EOO‘ — elektron optik o‘zgartirgich, elektr impulslari ketma- ketligini optik impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug‘lik yoki lazer diodlari qo‘llaniladi. 1.1-rasmdagi raqamli retranslyatorning asosiy elementi regenerator hisoblanadi.

    1.2-rasm. Regeneratorning tuzilish sxemasi

    Sxemada:
    CHK — chegaralovchi kuchaytirgich;


    KAB — kuchayishni avtomatik boshqaruvchi qurilma;
    CHQ — chegaralovchi qurilma;
    HQQ — hal qiluvchi qurilma;
    TCHA — taktii chastota ajratkich;
    SHQ — shakllantiruvchi qurilma. .
    Bu elementlarning vazifalarini regenerator ishining vaqt diagram- masidan ko‘rish mumkin (1.3-rasm). Bu rasmdagi 1- 6 - signallar 1.2-rasmda tasvirlangan regeneratorning 1-6-nuqtalaridagi signal ko‘rinishlaridir.

    Regenerator ishini ko‘rib chiqamiz.


    QQF chiqishidan (1.1-rasm) signallar chegaralovchi kuchay- tirgichga (1) tushadi. CHK KAB sxemasidan ham boshqariladi. KAB HQQ yordamida «1» va «0» impulslarni to‘g‘ri hal qilish uchun signal sathining doimiyligini qo‘shimcha ravishda saqlab turadi. CHKda signallar kuchaytiriladi va buzilishlarni ma’lum bir
    qismini bartaraf etish maqsadida signallarning amplitudalari chega- ralanadi (2). CHK chiqishidan signal CHQ va TCHA kirishiga tushadi. Signal sathi Uciieg dan oshsagina CHQ chiqishida signal hosil bo‘ladi (3). TCHA chiqishidan HQQ kirishiga (4) fr=l/r taktli chastota impulslarining davriy ketma-ketligi uzatiladi, bunda 7-impulslar ketma-ketligining daVri.
    Agar HQQning birinchi kirishiga CHQ chiqishidan axborot signallari ketma-ketligi (3), ikkinchi kirishiga taktli impulslar ketma- ketligi (4) berilsa va ular bir-biri bilan mos tushsa, HQQ chiqishida ma’lum amplituda va davriylikka ega impulslar hosil bo‘ladi (5). Bu impulslar SHQga uzatiladi. SHQda impulslar shakli to‘liq regeneratsiyalanib, boshlang‘ich signallarga mos keluvchi impulslar shakllanadi. So‘ng bu impulslar EOO‘ da (1.1-rasm) optik nurlanish impulslari ketma-ketligiga o‘zgartiriladi.

    1.3-rasm. Regeneratorning ishining vaqt diagrammasi
    Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, TCHA ishining xatoliklari tufayli hosil bo‘ladigan fazalar titrashini kamaytirish maqsadida TCHA chiqishidagi impulslarning davriy ketma-ketligi (4) CHQ chi- qishidagi to‘g‘rilangan impulslar fazasi bilan albatta tenglashtiriladi.
    Chegaralovchi qurilma va chegaralovchi kuchaytirgich regenera- torning asosiy elementlari hisoblanib, uning shovqindan himoya- langanligini ta'minlaydi, chegaraviy kuchlanish muayyan qiymatda kuchaytirishning aniq o‘rnatilishini talab etadi.
    Chegaraviy kuchlanishning o‘zgarishi regeneratoming shovqin- bardoshliligini kamaytiradi, bu chegaralovchi kuchaytirgich (CHK) chiqishidagi to‘g‘rilangan impulslarning maksimal qiymati va chegaralovchi qurilmaning chegaraviy kuchlanishi orasidagi optimal nisbatning buzilishiga olib keladi.
    Bunday optimal nisbatni doimiy ushlab turish uchun rege- neratorlarda KAB qurilmasi qo‘llaniladi.
    Regeneratorlarning yuqorida aytib o‘tilgan imkoniyatlari tufayli signallar to‘liq qayta tiklanadi, shovqinlarning ta’sir qilishi yo‘qoladi, aloqa sifati yaxshilanadi va shovqindan himoyalanganlik ortadi.
    Hozirgi vaqtda optik nurlanishni raqamli signal bilan bevosita modulyatsiyalash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlash amalga oshiri- ladigan raqamli TOA tizimlari keng tarqalgan.

    1.4-rasm. Raqamli TOATda regenerator qoMlanilgan optik liniya traktining tuzilish sxemasi

    Download 1,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,02 Mb.