|
«Aniq va vaqtida» tamoyili bo'yicha moddiy oqimlarni operativBog'liq LOGISTIKA. Umarova D.M«Aniq va vaqtida» tamoyili bo'yicha moddiy oqimlarni operativ
boshqarishning axborot ta’minoti tizimi.
Buyurtm a kartasi
«KANBAN» iste’molchisi haqida to ‘liq axborotni o‘z ichiga oladi.
Asosan, bu axborot quyidagilardan iborat bo‘ladi: detaining nom-
lanishi va shifri; qadoq idishlarning spetsifikatsiyasi (xususiyati),
ularning turi va ularga solinadigan detallarning soni; mahsulotni
ishlab chiqaruvchi — uchastka va iste’molchi — uchastkalaming
nomianishi; mahsulotni ishlab chiqarish davomiyligini hisobga
olgan holda aniqlanadigan yetkazib berish vaqti. Texnologik zanjir
bo'yicha har bir uchastka «KANBAN» kartasida ko‘rsatilgan
buyurtma bo'yicha ishlaydi. Ishlab chiqarish ustidan nazorat
muomalada bo'lgan kartaiarni ro'yxatdan o'tkazish yo'li bilan
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning optim allashtirilgan
texnologiya tizimi ta ’m inot va ishlab chiqarish jarayonlarini
birlashtiradigan «tortib chiqaruvchi» mikrologistik tizimlar sinfiga
kiradi. Bu tizimning asosiy tamoyili b o ‘lib ishlab chiqarish
jarayonida tor joylarni va kritik resurslarni aniqlash hisoblanadi.
Hisobda OPT KANBANning kom pyuterlashtirilgan turi
hisoblanadi, ular orasida faqatgina bitta farq mavjud. OPT
«ta’minot - ishlab chiqarish» logistika tannog'ida tor joylar paydo
bo'lishining oldini olsa, KANBAN paydo b o ‘lib ulgurgan tor
joylaming samarali yo'qotilishining imkonini beradi.
Logistik tizimning samarali ishlashiga ta ’sir ko'rsatuvchi kritik
resurslar sifatida quyidagilar olinishi mumkin: xomashyo va
materiallar zaxirasi, tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab
chiqarish texnologiyasi, personal va boshqalar. OPT tizimidan
foydalaniladigan korxonalar nokritik operatsiyalarni bajaradigan
personalni maksimal tarzda ish bilan ta ’minlashga intiladi, chunki
bu tugatilmagan ishlab chiqarish zaxiralarining o‘sishini keltirib
chiqaradi.
Logistik nuqtayi nazardan OPT tizimining samaradorligini,
mahsulot ishlab chiqarilishini oshirish, ishlab cliiqarish va transport
xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
|
| |