• 1 Родников A.H. Логистика: Терм инологический словарь. — М.: Экономика, 1995. 9
  • I-rasm. Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi.
  • Logistikaning asosiy tushunchalari




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/170
    Sana07.02.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #152713
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170
    Bog'liq
    LOGISTIKA. Umarova D.M

    1.2. Logistikaning asosiy tushunchalari
    Logistika o'zining tushunish apparatiga ega, uning tarkibiga 
    logistikaga xos boMgan kategoriyalar, tushunchalar, atamalar 
    kiradi.
    Moddiy oqim. Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim 
    o ‘rin tutadi. Moddiy oqim lar tashish, omborga joylashtirish 
    va xomashyo, yarimtayyor m ahsulotlar ham da tayyor m ah­
    sulotlar bilan boshqa moddiy am allarni bajarish natijasida 
    yuzaga keladi.
    1 Родников A.H. Логистика: Терм инологический словарь. — М.: 
    Экономика, 1995.
    9


    Moddiy oqim - bu vaqt oralig‘iga keltirilgan va har xil logistik 
    amaliarni joriy etish jarayonida ко'rib chiqilayotgan tovar — m od­
    diy boyliklarning yig'indisi.
    Ishlab chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo'lgan 
    oraliqda joylashgan bir turdagi resurslar yig'indisi oddiy moddiy 
    oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada shakllanadigan bir nechta 
    oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta ’minlab bemvchi 
    integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.
    Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi 1-rasmda kelti­
    rilgan.
    I-rasm. Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi.
    Moddiy oqimlarning tashqi va ichki, kiruvchi va chiquvchi 
    turlari ajratiladi.
    Tashqi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga nisbatan 
    tashqi muhitda o‘tadigan oqimdir.
    Ichki moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga nisbatan 
    ichki muhitda o‘tadigan oqimdir.
    Kiruvchi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga kirayotgan 
    tashqi oqimdir.
    Chiquvchi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimdan tashqi 
    muhitga chiqayotgan moddiy oqimdir.
    Moddiy oqimlarni boshqarish materiallar harakatining yo‘nalish 
    parametrlarini aniqlashni ko‘zda tutadi, ular qatoriga quyidagilar 
    kiradi:
    — moddiy resurslarning nomlanishi;
    — moddiy resurslarning miqdori;
    — boshlang‘ich nuqta (ta’minotchini tanlash);
    — oxirigi nuqta (iste’molchini tanlash);

    Download 8,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish