• Bolalar sogiigmfng
  • Kuzatishning asosiy xususiyatlari




    Download 1,64 Mb.
    bet122/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    Kuzatishning asosiy xususiyatlari:


    • Mohiyatan bola haqida ma'lumot to'plash va baholash - aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;


    • Ma'lumotlarni to'plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, doimiy xarakterga ega bo'lishi lozim;


    • Kuzatish jarayonida to'plangan ma'lumotlar hujjatlashti- rilishi va tahlil qilinishi zarur;


    • Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish natijalari tashkil etilishi bolaning haqiqiy imkoniyat­larini bilish va tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borish yoki aksincha qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlash imkonini beradi;


    • Bola haqida ma'lumot to'plashda har tomonlama yondashuv, uning ayrimxislatlariga (ijobiy va salbiy bo'lishidan qat'iy nazar) sun'iy ravishda alohida urg'u berishga yo‘1 qo'ymaslik lozim;


    • Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o'ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi;


    • Kuzatish mezonlari (bola haqida ma’lumot to'plash jro'nalishlari) 5-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur.


    Bolalar sog'iig'mfng kundalik nazorati:

    Guruhdagi bolalar sog'lig'ining holati haqida tarbiyachi daftarga qayd etib boradi. Pedagog bolalar bilan yakkama- yakka shug'ullanishi uchun maxsus daftarga bola rivojlanishining avrim sohalarida alohida e’tibor qilish lozim bo'lgan bolalar haqida ma'lumot qayd etib boradi. Pedagog daftardagi ma’lumotlardan pedagogik maqsadlarni qo'yish

    va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat tarzlarini rejalashtirishda foydalanishi mumkin.

    Pedagog bolalar bilan ularning qiziqishlari bo'yicha intervyu va suhbatlar o'tkazib turadi. Bolalar kattalar bilan o'z fikrlari, g'oya va ishlari bo'yicha gaplashishni xohlaydilar, bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo'lishi o'zini qiziqtirgan mavzu bo'yicha bolalar so'zlarini tinglashi, ochiq savollar berishi, suhbatga undashi lozim. Bunday tadqiqotning maqsadi bolalarning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko'proq bilishdan iborat.

    Agar bola qisqa muddatli guruhlarda qatnashayotgan bo'lsa pedagog tomonidan Portfolio" hujjatini tutadi. Bu bolaning qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib, yakunlagunga qadar yutuqlari va ishlarining individual to'plamidir. Portfoliodan rivojlanishning o'z-o'ziga baho berish vositasidan foydalanish, unga bolaning o'z fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so'zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nutq namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari ota- onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlarni, og'zaki nutqlari yozib olingan audio-disklarni tanlab olish mumkin. Bolalarga tegishli bo'lgan portfolio ota- onalarga ko'rsatilishi lozim.


    Download 1,64 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   223




    Download 1,64 Mb.