Yozgi sogiomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar
Yozgi hordiq va sogiomlashtirish tadbirlari vazirliklar va idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablagiar doirasida amalga oshiriladi. Binobarin, bu tadbirlarni o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha taiim muassasalarida yozgi sogiomlashtirish tadbirlari rag'batlantirish fondi
hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ovqatlantirish me'yorlari ko'paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, ota-onalardan olinadigan haq miqdori ham oshiriladi. Shu munosabat bnlan, smetada xodimlarning ish haqi, tashkiliy- xo'jalik ishlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo'shimcha xarajatlar ko'zda tutiladi.
Smeta - maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasida yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, xodimlarning necha soat ishlashi va uning turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi mod- dalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bilim darajasini aniqlash va faoilashtirish KLASTER METODI
Maktabgacha ta'limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari
Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslubiarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, mohiyatini ifodalashga ehtiyoj tug'iladi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi:
demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qonun hujjatlari asosida ishlarni tashkil etish;
yakkaboshchilik tamoyili - ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo'lib, maktabgacha ta'lim muassasalari yillik ish rejasini to'liq bajarishga qaratiladi;
hamkorlik tamoyili - barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
4} aniqlik tamoyili - pedagogik, metodik va xo'jalik ishlarini ma'lum maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;
xo'jalikni boshqarish tamoyili - ish yuritishni to'g'ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag'larni to'g'ri taqsimlash, uning bandlarini o'z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
tanqid va o'z-o'zini tanqid - rahbar va har bir xodimning o'z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;
farqlash tamoyili - ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg'or ish tajribalarni ko'ra olish;
yangilikni his qila olish tamoyili - o'z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o'zgarish va yangiliklardan xabardor bo'lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg'or
pedagogika texnologiyalarni o'zlashtirish va ish faoliyatida qo'llay olish.
Maktabgacha ta'limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining metodologik asosini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta'lim to'g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim to'g'risida»gi konsepsiya va nizomda ko'rsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo'lmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir.
Tamoyil - biror bir sohada, jumladan, ta'lim sohasida ilmiy- amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
|