|
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o'ziga xosligi
|
bet | 51/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o'ziga xosligi
Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatla- rining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning ta’lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar siste- masi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllan- tirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim - bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini ri- vojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkov- lik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini mu- vaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bolalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar.
Ta’lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Ko'rgazmali
|
Og'zaki
|
Amaliy
|
O'yin metodlari
|
Kuzatish
|
Tushunish
|
Mashq
|
Didaktik o'yinlar
|
Ko'rsatish
|
Hikoya qilish
|
Mustaqil ish
|
Harakatli o'yinlar
|
TV dan foydalanish
|
So'zlab berish
|
Oddiy tajriba
|
Mashqli o'yinlar
|
|
0‘qib berish
|
|
Insenirovkalar
|
|
Suhbat
|
|
Kundalik axborot
|
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idrokla-
ri orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi.
Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi Dilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum obyektlar- ni kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalar- ?a narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib Do'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, D'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi.
Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta'sirchan ba- ^on qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib Derish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 /oshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi.
|
| |