|
Aqlni ikki xil kategoriyaga boiadi
|
bet | 48/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Aqlni ikki xil kategoriyaga boiadi:
Nazariy aql - borliqdagi umumiy narsalarni idrok etish- dir.
Amaliy aql - buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan.
O'z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli boiishga chaqiradi. U aql va ilmni
ulug'laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagona- sidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi.
Muallif o'z fikrini anlqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o'zlariga bo'laklar tarafidan qiladurg'on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qayta- rurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o'ziga keladurg'on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo'ynidan bog'lab iplari uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidir».
Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta’lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rah- barligida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshi- ni e’tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsaga o'rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya’ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin. U 19 bo'limdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuz- di. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta’lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e’tibor bergan.
Children develop ideas and concepts at very young ages that help them make sense of their worlds. Learning is not the transfer of new information into an empty receptacle; it is the building of new understandings by the child on the foundation of existing understandings. Learning will be most effective when the child's preconceptions are engaged. Curricula can be evaluated on the extent to which they draw out and build on children’s existing ideas.
Bolalar g'oyalari va konsepsiyalarini o'z olami, o'z tasavvuri ichida tushunib juda erta yoshda rivojlantirib olishadi. O'quv jarayoni quruq yangilik yaratish emas, aksincha bor fundamentni rivojlantirish talqinidir. Agar kattalar yordamida o'quv mashqlari o'tkazilsa, o'qitish ancha samarali bo'ladi va
biografik jihatlarini bola nimaga qiziqishi bor ekanligini aniqlash uchun ular o'z tasavurida chizgan rasmlar yoki qurgan narsaiar yordamida bilib olish mumkin.
www.PreschooI. Com (Eaely childhool) 2014
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning maium maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabati bilan ularning maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada boiishini ta'minlash tarbi- yachilarning javobgarligini yanada oshiradi.
Aqliy kamolot - bu yoshning o'sib tajribaning boyib bori- shi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta'sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayon- lari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usul- larini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha taiim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashti- rish qobiliyatida namoyon bo'ladi.
|
| |