Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi




Download 1,64 Mb.
bet55/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi


Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida aha- miyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan manti- qiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hi­soblanadi,

Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asosla- nadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor ja- rayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tar­biya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivoj- lantirishdir. "Sensor" so'zi lotincha “sensus” - “tuyg'u”, “sezgi", "idrok", “sezish qobiliyati" ma’nolarini anglatadi. Borliqni bi­lish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.

Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayon- lari hosil bo'ladi.

Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivoj­lanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.

Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.

Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanti­rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir sistemasidir.

Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su- ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlov- chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shi- fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta’lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida- gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-ona­lar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam- larga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Monte­sori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sen­sor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:


  1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.


  2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllan- magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.


  3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.


  4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so'z boyliklari- ni oshirish.


  5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlan­tirish.


Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullari- ni tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni ri- vojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1,64 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi

Download 1,64 Mb.