|
Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni tarbiyalash
|
bet | 63/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni tarbiyalash
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoi- dalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o'rgatish asosida rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e'tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi boi deganingiz bilan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomon- likni to'g'ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yosh- da bolalar yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg'azib qo'yishga yordam berish, uning ustki kiyimlar- ini qoqib qo'yish, yupatish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o'yinchog'ini o'rtog'iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatilgan xizmatdan xursand boiishga o'rgatish.
Kamtarlik, to'g'rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar sog'lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilat- laridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo'qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarini boshqa bolalar- dan ustun qo'yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kas- bi bilan ham maqtanadilar. Bunday holatda bolalarning ota- onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurli-
gi va muhimligi to'g'risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o'rtog'iga o'rgatish kerakligini, o'z-o'zini maqtash yarashmas- ligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdon- sizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog'liqdir.
Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardan eshitgan ertaklari- ni tushlarida ko'rgandek qilib ko'rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to'qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.
Shunday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalari- ni, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib boril- sa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatanparvarlik ijtimoiy, tar- ixiy va axloqiy his-tuyg'ular sifatida odamning ijtimoiy taraq- qiyoti davomida paydo bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatanparvarlik faqat o'z urug'doshlariga, ona yeriga, urf-odatlari- ga bog'liq his bo'lgan bo'lsa, sinflar paydo bo'lishi bilan vatanparvarlik g'oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora ko'proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davrlar o'tishi bilan bu tuyg'u buyuk qudratga aylandi.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat - eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg'unlashib ket- gan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular ta- fakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat hissi ularga yaqin va tanish bo'lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi.
Baynalminal tarbiya. Bizning respublikamiz o'z mohiyati bi-
Ian baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalminalchilik, xalqlar do'stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his-tuyg'ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminalchilik his-tuyg'ulari asosini shakllanti- rishda qardosh jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat va- killari bilan uchrashuvlar o'tkazish; maxsus mashg'ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san'ati, tabiati to'g'risidagi adabiyotlarni o'qib berish, suhbat o'tkazish, rasmlar ko'rsatish, filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to'g'risidagi hikoyalarni o'qib berish foydali bo'ladi.
|
| |