|
Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi
|
bet | 62/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi
jamoa so'zi lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, omma, birlashma, yig'ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniq- roq aytiladigan bo'lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh de- makdir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ahami- yati to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan.
Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko'pchilikning afzalligi haqida Payg'ambarimiz s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishi- dan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishi- dan yaxshi, ko'pchilik bilan birga boiinglar. Tangri ummat- larini faqat to'g'ri yoida borishlikka birlashtiradi», deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tush- ganda, albatta, mahalla, qarindosh-urug' madadkor boiadi. Buni biz urf-odatlarimizda ko'rishimiz mumkin. M: hasharlar, to'yga to'yona bilan kelish va hokazo.
Shaxsni shakllantirishning muhim omillari boigan jamoa to'g'risidagi ta’limot axloq tarbiyasida muhim o'rinni egallay- di. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik- kichik guruhlarda uyushtirib, so'ng birgalikda biron ishni ba- jarishga tortish kerak. Bunda qo'yilgan maqsad bolalarga tu- shunarli bo'lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo'lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va faoliyatlarning tutgan o'rni kattadir.
Bolalar o'yinlari va mehnatining jamoa tusida bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga harakat qilishga,
o'z intilishlarini umumiy maqsadga yo'naltirishga, o‘z ishini va maqsadini boshqarish ishi va harakatiga bo'ysungan holda boshqarishga o'rgatadi.
Bola yoshlikdan boshlab, o'zida boshqalar bilan, bolalar ja- moasi bilan muloqotda, birgalikda bo'lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o'zi tanlay olmaydi. U biron ja- moaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Yashab turgan joy- dagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta'lim muas- sasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o'z xohi- shi bilan bormaydi. Shunga qaramay bola bu jamoaning qonun- qoidalariga bo'ysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks holda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o'zi yashayot- gan axloq, odob tajribalarini egallashga majbur bo'ladi. Shuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan bahramand bo'lishlarini tavsiya etadi.
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi:
Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyor- ligi;
O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash;
Uning a’zolari o'rtasidagi do'stona birlik;
Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik;
Tartibli, ishchan harakatga yo'llovchi faollik;
O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi.
Bolalar o'zaro yashayotgan jamoaga bo'lgan munosabatiga
qarab bir necha guruhga bo'linadi. Birinchi guruh ijobiy xulq- li bolalar bo'lib, ularni jamoa a’zolari hurmat qiladilar. Bu toi- fadagi bolalar jamoasining faollari bo'lib, tarbiyachi jamoa mu- nosabatlarini o'rnatishda ularga suyanadi.
Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo'shiladi, ammo barqaror bo'lishadi.
Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo'lib, o'yinda qatnash- maydi, mashg'ulotlarida ham sust bo'lishadi, bunday bolalarga alohida e'tibor va yordam berish zarur.
|
| |