|
Bolalar jamoasi shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar
|
bet | 64/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Bolalar jamoasi shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma'lum shart-sha- roitlar zarur.
MTM xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo'lishi;
Bolalar hayotini to'g'ri tashkil etish;
O'yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi;
Bolalarda o'zaro ahillik, g'amxo'rlik, jamoatchilik, insoni- ylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg'ulotlar;
Har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish;
Oila bilan mustahkam aloqa o'rnatish;
Bolalarni axloq normalari va qoidalarga o'rgatib borish;
Bolalar muassasalarida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish.
Har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlar- iga rahbarlik qilish «МТМ taiim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan. Dasturda har bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan.
Bolalar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim aha- miyat kasb etadi. Jamoa an'analari - bu barqarorlashgan odat bo'lib, ularni jamoa a'zolari birdek qo'llab-quvvatlaydilar. Jamoa a'zolari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri ifodalanadi.
Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo'linadi. Bular, a) kundalik faoliyat an'analari, b] bayram an'analari.
Kundalik faoliyat an'analari bolalarning faoliyatlari (mashg'ulotlar, sayr, mehnat, o‘yin)ni o'z ichiga oladi.
Bayram an'analariga turli voqea-hodisalar bilan bog'liq sanalarni nishonlash: «Navro'z» bayrami, «Mustaqillik bayra- mi», «Hosil» bayrami va boshqalar kiradi.
An'anaviy bayramlar MTMlarda turlicha o'tkaziladi. Bolalar an'analar mohiyatini anglasalar, uning ta'sir kuchi yuqori bo'ladi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo'lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan, umumiy maqsadni amalga oshi- rishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir;
jamoani shakllantirish o'ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan ta- lablarning qo'yilishi jamoa faolini tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
Jamoaning mustahkam bo'lishi a'zolari o'rtasida o'zaro hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim aha- miyat kasb etadi.
|
| |