Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar




Download 1,64 Mb.
bet67/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar

Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ij­timoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yosh­dan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga oshiriladi.

Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin hayoti bilan chambarchas bog'liqdir.

Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning es­tetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan xursand bo'ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan hu- zur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-his- siy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bola­da hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapir- ishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'Iishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kat­talarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik aloma- ti yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hoka- zolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy muno­sabatni shakllantiradi.

Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta ta- komillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo'ladi va hokazo.

O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlan-

ishida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo'lib qoladi. Ammo shunga qa- ramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziq- ishiga bog'liq boiadi.

Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baho- lay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tas- vir mohiyatini tushunadigan bo'lib qoladilar.

Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda boiadi. Bu ayniqsa, ular qo'g'irchoq teat- ri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida an­iq namoyon boiadi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga be- malol qo'shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish boigan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil tur- larini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.

Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoli- yatlarda qo’yilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlik- ka intilish namoyon boia boshlaydi. Bolalar o'yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o'yinlarida obrazlarning ifo- dali boiishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.

Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badi­iy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlari­ni sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xat- ti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bola- da musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ular­da ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo boiadi.

Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular

o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qo­ladilar.

Kuzatayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o'qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlar- iga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.



Download 1,64 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar

Download 1,64 Mb.