|
Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni va metodlari
|
bet | 68/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni va metodlari
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma'lum natijalarni oldindan bilish, ularga in- tilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog'langandir.
Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohaza- larni tarbiyalashni o'z ichiga oladi.
Bular quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:
-o'yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi bor- liqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash;
san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Estetik tarbiyaning vazifalari
Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi go'zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, yaratuvchilik, mehnatda, ijtimoiy hayotda, kishilar xatti- harakatida bolalarga tushunarli bo'lgan go'- zalliklarni ko'ra bilishga o'rgatish. Ularda estetik his, estetik did. estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari yetganicha hayotda go'zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o'xshashlarga o'rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan.
Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta'sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobili- yatlarni rivojlantirish estetik idrok va hislarni rivojlantirish bilan bog'liq holda olib boriladi. Agar bola qishki tabiat- ning go'zalligini his eta olsa, u, albatta, shu go'zallikni rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushuncha-
|
| |