SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO
MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
112
JILD:02 NASHR:11 2023 yil
KIBER MAKONDA DINIY E`TIQOD TARG`IBOTINING IJTIMOIY
XAVFI
Yuldasheva Mahfuza Qobiljonovna
Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Резюме:
Ushbu maqolada kibermakonda diniy e'tiqod targibotining ijtimoiy xavfi va uning
jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi omillari, fuqarolar ijtimoiy ongida axborot ekspansiyasining
ta'siri borasida so„z yuritiladi.
Калит сўзлар:
sekulyarizm, desekulyarizm interaktivlik,
kiber makon, kiberbulling, axborot
iste'moli, radikallashuv, aqidaparastlik, ijtimoiy tarmoqlar,
media kanal, g„oyaviy ta'sir, platforma,
trollar, axborot urushi.
Axborot jamiyatining shakllanishi sharoitida siyosiy, madaniy, ijtimoiy hayotda dinning roli tobora
ortib bormoqda. Aksariyat axborotlashgan jamiyat nazariyotchilari bu jarayonni desekulyarizatsiya
yoki “sekulyarizmning chekinishi” deb baholashmoqda. Shu bilan birga,
ommaviy axborot
vositalarining o„sib borayotgan roli bilan ajralib turadigan global ijtimoiy o„zgarishlar jamiyatning
diniy sohasiga ham ta'sir ko„rsatayotgani ayni haqiqat.
Media kanal sifatida internet o„zining noyob xususiyatlari - multimediya, gipertekstuallik va
interaktivlik tufayli diniy jamoalarning axborot sohasidagi ehtiyojini qondirishga ham xizmat
qilayotganligi barchamizga ma'lum. Internet o„zining axborotni taqdim etish formatlarining
moslashuvchanligi, gorizontal aloqalarni shakllantirish va qo„llabquvvatlash
qobiliyati, shaxsiy
axborot maydoni yaratish qobiliyati orqali diniy axborotlarni keng ommaga yoyish, diniy jamoa
a'zolarining ichki o„zaro munosabatlarini o„rnatish jarayonida ham keng qo„llanilmoqda.
Shu o„rinda pedagog olim M.Quronov aytganidek, “Kimki go„dakni ko„tarmoqchi bo„lsa, avval unga
egilib, qo„lida tutib, keyin yuqoriga ko„taradi. Xuddi shuningdek, kim kimni o„ziga moslashtirmoqchi
bo„lsa, avvalo, o„zi unga moslashadi. O„zgartirishni istamasa, befarq bo„ladi, moslashmaydi. Demak,
tarbiyachilar bog„chada bola bilan boladek, maktabda – o„spirindek, institutda – yoshlardek
gaplashishi kerak. Ta'lim muassasasining hovlisi bu – pedagogik munosabatlar maydonidir. Bu yerda
har bir so„z, har bir nigoh, xatti-harakat tarbiya maqsadlariga bo„ysundirilishi shart. Aks holda, ta'lim
muassasasidagi ma'naviy muhitning xos jihati yo„qoladi. Ko„chani
nazorat qilish qiyin, biroq ta'lim
muassasasi hovlisida pedagogik nazorat ustuvor bo„lmog„i kerak.”
1
Albatta jamiyatning pedagoglardan
iborat ziyoli qatlami bugungi tezkor axborot asrida inson qalbi va ongiga bo„layotgan doimiy
tahdidlardan yoshlarga ilmiy asosga egalik, aniqlik, nazariy va amaliy tajribalar doirasida diniy va
dunyoviy tushunchalar berib borish lozim.
Bugungi kunda dunyoning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda integrallashuv hamda
globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda diniy mazmundagi virtual tahdidlarning ham ortib
borayotganligi barcha mintaqa va davlatlarni tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biridir.
Ayniqsa, virtual olamda hali dunyoqarashi to„liq shakllanmagan yoshlar shuningdek, o„z qat'iy fikri va
1
M.Quronov.Targ„ibot tamoyillari. T:,Manaviyat 2015 yil
SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
113
pozitsiyasiga ega bo„lmagan odamlarni o„z
domiga tortib ketadigan, dinni niqob qilib olgan turli
ekstremistik oqimlarning da'vatlari jahondagi ko„plab mamlakatlarda ijtimoiy-siѐsiy barqarorlikni
izdan chiqarmoqda. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta'sir
ko„rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g„oyaviy ta'sir
o„tkazishning miqyosi va ko„lamining keskin darajada o„sishiga olib keldi. Internet orqali amalga
oshiriladigan va katta mablag„ talab qilmaydigan g„oyaviy ta'sir va tazyiqning o„ziga xosligi shundaki,
u o„quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi
va bevosita qurbonlarni
keltirib chiqarmaydi. Axborot urushi dushmanni yo„q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda,
yuqori samara beradi. Inson ongi va e'tiqodini o„zgartirish kabi axborotlar to„lqini ro„y beradigan
makon bu- kibermakondir.
Ya'ni, Kibermakon komp`yuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi
voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Ijtimoiy
nuqtai-nazardan kibermakon deganda komp`yuter tarmog'i orqali bir-biri bilan bog'langan va bir
vaqtning o'zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud komp`yuterning grafik
sifatidagi ma'lumotlariga o'ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
2
Tahlillarga ko`ra, dunyo bo`ylab har yili 500 milliondan ortiq kiber hujumlar uyushtiriladi. Har
soniyada 12 nafar insondan biri kiber makonda sodir etilgan hujumlar qurboniga aylanadi.
Amerika
Qo`shma Shtatlari, Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, Lyuksemburg kabi rivojlangan davlatlarda
jinoyatlarning 60-65 foizi kiber hujumlar orqali sodir etilmoqda. O`zbekistonda ham so`nggi uch yilda
bu turdagi jinoyatlar 8,3 baravarga ko`payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga etgan.
Xususan, noqonuniy bank-moliya operasiyalari orqali o`zgalarning plastik kartadagi mablag`larini
o`zlashtirish, zararli viruslar tarqatish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o`yinlar, diniy
aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik jinoyatlari
ko`payib bormoqda.