Trollar bilan qanday kurashiladi?
Trollar bilan munosabatda “Yaxshiga yaxshi, yomonga yomon”
aqidasiga rioya qilish nafaqat samarasiz, balki, havfli bo„lishi ham mumkin. Soxta akkaunt ortida soxta
nom bilan kim yashiringanini hech qachon bilib bo„lmaydi. Shu yo„l orqali ko„nglini hushlab o„tirgan
odam boshqa kishilarni ham janjallashishga gij-gijlaydi va istalgan paytda bundanam ko„prog„ini istab
qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda eng to„g„ri strategiya – troll bilan muloqotga kirishganingizni
o„z vaqtida anglash va unga shunchaki e'tibor bermaslik. Zamonaviy tilda aytganda, “trollni
oziqlantirishni to„xtating, shunda u o„zi sizni tark etadi”.
Hozirgi bosqichda har qanday xalqaro siyosiy inqiroz yoki harbiy mojaro internetdagi axborot qarama-
qarshiligi va ziddiyatli vaziyatlarning muhim va alohida o„lchoviga aylangan axborot infratuzilmasiga
hujumlar bilan birga kelishi shubhasiz haqiqatdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishdagi tahdidlar qatoriga siyosiy asosli kampaniyalar va hujumlar, shuningdek, bank
tizimlarini o„chirib qo„yadigan va turli korxonalarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlariga
hujum qiladigan ilg„or zararli dasturlar kiradi. Bundan tashqari, kiber firibgarlik va kiber josuslik
dunyoning barcha mintaqalarida shantaj va noqonuniy daromad olish usuliga aylanib bormoqda.
G‘oyaviy tasir texnologiyalari
. Bunda g„oyaviy ta'sir yo„naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-
istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o„rganilgan holda, asosiy diqqat kishilar ongi va
dunyoqarashiga ta'sir ko„rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o„zgartirishga, ularning regulyatorlik
rolini kamaytirishga yoki butunlay yo„qqa chiqarishga qaratiladi. Natijada milliy, etnik, diniy,
hududiy, siyosiy va harbiy ahamiyat kasb etgan mojarolarning soni ortib, davlatlar mustaqilligiga
tahdid solmoqda. Dunyodagi ilmiy markazlar tomonidan diniy mazmundagi axborot xurujlariga qarshi
yoshlarda o„z-o„zini himoyalashning diagnostikprofilaktik tizimini ishlab chiqish orqali inson ongiga
salbiy ta'sir etuvchi axborotlarni chegaralash muammolarining ilmiy-amaliy tadqiqiga alohida e'tibor
3
Nuriymon Abulxasan. Jamiyat siyosiy barqarorligiga diniy mazmundagi virtual tahdidlarning ta'siri 23.00.02 – siyosiy
institutlar, jarayonlar va texnologiyalar siyosiy fanlar bo„yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati
SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
115
qaratilmoqda. Shuningdek, jahonda ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda integrallashuv hamda
globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda diniy mazmundagi virtual tahdidlarning siyosiy
mazmun-mohiyatini o„rganish yo„nalishidagi tadqiqotlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish
tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Internet orqali amalga oshiriladigan axborot xurujlarining oldini olish esa juda ham murakkab
masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda MDH doirasida «VKontakte», «Odnoklassniki», «Moy Mir»
kabi internet tarmoqlarida IShID g„oyalari bilan bir qatorda turli darajadagi mish-mishlar, nosog„lom
kayfiyat tug„diruvchi fikrlar, turli ijtimoiy guruhlar orasida dushmanona kayfiyatlar ya'ni millatchilik,
radikalizm, ekstremizm va fanatizm g„oyalarini tarqatilaѐtganligi ham alohida qayd etilmoqda.
Ko„rsatib o„tilgan ma'lumotlardan ma'lum bo„ladiki, bugungi kunda biror-bir davlatni bosib olish
uchun harbiy harakatlar olib borish shart emas. Zero, bunday virtual tahdidlar harbiy hatti-harakatlarga
nisbatan juda arzon bo„lib, u yadro qurolidan ham samaraliroq ta'sir ko„rsatish imkoniga ega. Ya'ni,
axborotga ega shaxs har qanday jaraѐnni nazorat qila olishi va undan o„z maqsad va manfaati yo„lida
samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo„ladi. Bunday tahdidlar «ta'siri»ning ortib borishi turli
sohalar, jaraѐnlar, mamlakatlar, ob'ektlar, guruhlar, shaxslar faoliyatini o„z ichiga qamrab olaѐtganligi
bilan xarakterlanadi. Shu ma'noda, O„zbekiston axborot makonining o„zaro hamkorlik imkoniyatlari
kengayishidan, haqiqiy milliy, ma'rifiy, xavfsiz maydon bo„lib qolishidan manfaatdordir
Kibermakondagi tahdidlar quyidagi sohalarda namoyon bo„lmoqda:
birinchidan, davlat boshqaruv idoralarining xavfsizlik tizimiga kirish, ishlarni to„xtatish yoki aloqa,
ta'minot, jamoat transporti va harbiy ob'ektlarni to„liq yopish orqali katta miqdorda moddiy va
iqtisodiy zarar yetkazish;
ikkinchidan, jamiyatdagi vaziyatni beqarorlashtirish va betartiblikni yoyish uchun aholining keng
qatlamlariga psixologik ta'sir o„tkazish;
uchinchidan, alohida ijtimoiy guruhlarga, shuningdek, axborot sohasiga jalb qilingan odamlarga
psixofiziologik ta'sir o„tkazish;
to„rtinchidan, harbiy, millatlararo va diniy mojarolarni qo„zg„atib, xalqaro maydondagi kuchlar
muvozanatini buzish uchun provokatsion noto„g„ri ma'lumot berish;
beshinchidan, axborot makoni orqali radikal va ekstremistik g„oyalarni targ„ib qilish, mavjud
terroristik tashkilotlarga yangi a'zolarni jalb qilish,
oltinchidan, ma'lum bir davlatning huquqni muhofaza qilish organlariga uning hududida o„rnatilgan
portlash moslamalari to„g„risida noto„g„ri ma'lumot berish, terrorchilik aktlarini tayyorlash;
yettinchidan, terrorchilik harakati tahdidi orqali davlat hokimiyati tizimiga ta'sir qilish, davlatning
axborot infratuzilmasi, ijtimoiy ahamiyatga ega va harbiy axborot tizimlari, shifrlash tizimlarining
ishlash printsiplari, axborot xavfsizligini ta'minlash borasida to„plangan tajriba va boshqalar
to„g„risidagi mahfiy ma'lumotlarni oshkor qilish ѐki e'lon qilish tahdidi va boshqalar shular
jumlasidandir.
Shu o„rinda bugun kibermakondagi voqeliklarni ko„radigan bo„lsak, “Kibermakon”da din niqobidagi
“kiberhujum”lar tahdidi - din niqobi ostidagi ekstremistik tashkilotlarning saytlarida asosan davlat
to'ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta
xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib
o'tish mumkin. Ularda ISHID go'yo Islom yo'lida “qurbon” bo'layotgani aks etgan videolavhalar va
fotosuratlar joylashtirilgan.
Bugungi kunda ekstremistik tashkilotlarning targ'ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda.
“Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida
buzg'unchilik va yot g'oyalarni targ'ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol
dalilidir. Ularning asl maqsadlari, Islom dinini noto'g'ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy
tus berib, hokimiyatni qo'lga kiritish hisoblanadi. Keyingi paytlarda ilmiy manbalarda tez-tez “axborot
iste'moli madaniyati” atamasi qo'llanayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Unga ko'ra, har kim o'zi e'tiqod
qiladigan mafkura tarqatuvchisi va targ'ibotchisidir.
SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
116
Axborotni qabul qiluvchi o'zi, atrofdagilar, yaqinlari, xalqi, yurti manfaatlarini himoya qilishi, shunga
mos va xos ma'lumotlarni tanlashni bilishi, o'zlashtirishi va tarqatishi lozim. Bu, o'z navbatida,
tarbiyaga bog'liq. Bugun yoshlarga “Bu axborotni kim taqdim qilmoqda?”, “Nima uchun taqdim
qilmoqda?” va “Qanday maqsadda taqdim qilmoqda?” degan savollarni o'z-o'ziga berishi, unga asosli
javob topishga harakat qilishni o'rgatish kerak bo'ladi. Ana shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib
qolish ehtimoli kamayib, taklif etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi olinadi.
“Axborot tashnaligi”ga barham beriladi.
Hozirgi davrda jinoyatchi shaxslar ham o„zlarining ijtimoiy qilmishlarini internet jahon axborotining
turli ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda sodir etmoqda. Mazkur jinoyatlar ichida ekstremizim va
separatizm hamda aqidaparaslik g„oyalari bilan yo„g„rilgan materiallarni internet jahon axborotining
turli ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda tarqatish, saqlash va namoyish etish hamda
eksteremistik oqimlarga jalb etish kabilar, xavflilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ya'ni turli
ijtimoiy tarmoqlarda shakllangan guruhlarni boshqarib bo„lmasligi ular tomonidan sodir etilaѐtgan
ekstremizm bilan bog„liq jinoyatlar soni hamda jimiyatga salbiy ta'siri ortib borishiga sabab
bo„lmoqda. 2005 yilga qadar ekstremistik va terroristik tashkilotlar o„zlarining targ„ibotlarini
―varaqalar tarqatish va ―hujralar tashkil etish yo„li bilan amalga oshirgan bo„lsa, axborot–
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan ular ham, o„zlarining targ„ibotlarini
―Odnoklassniki.ru ―Whatsapp, ―Telegram‖, ―Facebook kabi tarmoqlar orqali olib borishni
boshladilar. Internet makonida ekstremizmning ijtimoiy, siyosiy, milliy va diniy turlari mavjud.
Interenet makonida yoshlar tobora kirib borayotgan ekstremizm uch bosqichli tizim hisoblanadi.
Birinchi bosqich, tashkiliy – ekstremistik ruhdagi tashkilot va harakatlarga rasmiy va norasmiy a'zolik
(skinxedlar harakati, futbol fanatlari);
ikkinchi bosqich, mental – ekstremistik siyosiy madaniyat sifatida namoyon bo„ladi, shuningdek,
ommaviy kommunikatsiya vositalarining destruktiv xatti-harakatlari bilan xarakterlanadi (ekstremistik
g„oyalar, qadriyatlar, yo„nalishlar);
uchinchi bosqich – amaliy, bunda muayyan ekstremistik harakat namoѐn bo„ladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ekstremistik va terroristik harakatlarga bilib yoki bilmay qo„shilib
ketishda, avvalo ular haqidagi tushunchaga bog„liq Ijtimoiy tarmoqlarda inson ongini manipulyatsiya
qilish jarayonlarida janjalni qo„zg„atish, trolga e'tiborni jalb qilish va boshqa foydalanuvchilarni
vaziyatli masxara qilish maqsadida provokatsion xatti –harakatlar uyushtiriladi. Shuningdek, xeyting
nafratlanish salbiy izohlar yoki xabarlar, muayyan kontent yoki ma'lum bir foydalanuvchining
konstruktiv bo„lmagan tanqidlari) fleyming (olov, yong„in) bu tarmoqdagi ommaviy janjalli vaziyat
bo„lib, odatda o„z - o„zidan paydo bo„ladi, guruhni haqoratlash harakteriga ega shaklda ifodalanadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki kiberhujum qurbonlari alohida e'tiborga va psixologik, huquqiy
yordamga muhtoj bo„ladi.
Internet ekstremistlarga o„zining g„arazli maqsadlarini har tomonlama keng tarqatish va o„zining
tarafdorlarini va hamfikrlarini ko„paytirish uchun barcha g„oyaviy va moliyaviy imkoniyatlarni taqdim
qiladi. Elektoratni tashkil etish uchun – alohida shaxslarning veb-sahifalarida norozi kayfiyatni
tug„diruvchi turli ekstremistik mazmundagi manbalar e'lon qilinadi. Qarama-qarshi harakatlarni
keltirib chiqarish uchun – radikal qarashdagi (yoki o„zgacha fikrlaydigan)lar qanday xatti-harakatlar
qilishlari lozimligi to„g„risidagi qo„llanmalar tarqatiladi (qurol, portlash moslamalarini yasash,
tarafdorlarni moddiy qo„llab-quvvatlash imkoniyatlari va hokazo). Shu va boshqa qurollar vositasida
olamning haqiqiy manzarasi, maqsadli auditoriya uchun buzib ko„rsatiladi. Bunday qarmoqqa odatda
axborotni tanqidiy fikrlash tajribasiga ega bo„lmagan shaxslar ilinadi.
Xulosa o„rnida shuni aytish mumkinki, Kiberxavfsizlik soxasidagi munosabatlarni tartibga solish
maqsadida O„zbekiston respublikasining Kiberxavfsizlik tug„risidagi Qonuni qabul qilindi.
4
Ushbu
qonun kibermakonda tarqatilayotgan xar qanday axborot va uning shaxsga ta'siri bo„yicha huquqiy
kafolat bo„lib xizmat qilishi shubxasiz.
4
O„zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi o„rq-764-son O„zbekiston Respublikasining
kiberxavfsizlik to„g„risidagi qonuni.
SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
117
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.Quronov.Targ„ibot tamoyillari. T:,Manaviyat 2015 yil
2.
Nuriymon Abulxasan. Jamiyat siyosiy barqarorligiga diniy mazmundagi virtual tahdidlarning ta'siri
23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar siyosiy fanlar bo„yicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati
3.
https://iiv.uz/. F.Y.Elmirzaev. Kibermakonda din va axborot iste'moli madaniyati
4.
O„zbekiston respublikasining qonuni, 15.04.2022 yildagi o„rq-764-son O„zbekiston
respublikasining kiberxavfsizlik to„g„risidagi qonuni
|