Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari




Download 1,64 Mb.
bet74/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari

Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonla­ma rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishint singdirib borishdir.

Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar bo'yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova):

Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoli­yatiga pedagogik ta’sir ko'rsatish bilan belgilanadi:


  1. Bolalarni maqsad qo'yishga, mehnat malakalari, ko'nikmalari, mehnat madaniyati bo'yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga o'rgatish.


  2. Bolalarda bo'lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o'rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.


  3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakl­lantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg'otish orqa-


li mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnat- ning ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib yetish.

Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosa- batni tarbiyalashga qaratilgan:


  1. Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini tushuntirish,


  2. Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qoiidan kel- ganicha yordam berish xohishlarini tarbiyalash.


  3. Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o'rgatish.


Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan:


  • Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda qatna- shish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o'z shaxsiy mehnatiga nisbatan to'g'ri munosabatni tarbiyalash.


  • Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat’iy- lik, tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.


  • Madaniy xulq va o'z tengdoshlariga nisbatan ijobiy muno­sabatni tarbiyalash, o'zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga erishguncha o'z mehnati bilan qatna- shish, o'zi va o'rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yor­dam berish va hokazo...

/


Maktabgacha ta'lim muassasalarida
mehnat tarbiyasini amalga oshirish


yo'nalishlari

\


\

/



Download 1,64 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari

Download 1,64 Mb.