|
Maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni
|
bet | 73/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni
Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamo-
lotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahami- yatga egadir.
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog'cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rah- barligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan - stolga, stoldan - mashinaga ko'chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko'rsatib, uni mashina- da ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashi- nasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo'ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig'ishtirib qo'yiladi. Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo'ladi. Keyingi galda bolaning o'zi o'ynayotgan o'rtoqlariga o'ynab boigandan keyin o'yinchoqlarni mashina- da joyiga olib borib qo'yishni aytadi.
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo'yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko'rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o'z ishlaridan o'zlari qo- niqmaydilar.
erishish yo'lidagi mehnat harakatlari, o'yin o'zining rivojlanishidagi har qanday bosqichda to'xtatilishi mumkin, mehnatda esa, albatta, ko'zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o'yindan ajratiladi? Kichik bog'cha yoshidagi bolalar mehna- tining asosiy turi o'z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o'rgatishda ko'pincha o'yin vaziyat- laridan foydalaniladi («Qo'g'irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo'g'irchoqni uxlatamiz» va shularga o'xshashlar). Avvaliga bolalar o'yin obrazi orqali mehnatga o'rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o'rganadilar. Sekin-asta o'z- o'ziga xizmat qilish malaka va ko'nikmalari shakllana boradi.
|
| |