• 3.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari - o’quv ishlarining asosiy shakli sifatida.
  • 1-Mavzu: Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi




    Download 72.57 Kb.
    bet1/3
    Sana27.03.2023
    Hajmi72.57 Kb.
    #46876
      1   2   3
    Bog'liq
    MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI.
    0sBGwfPU7Bghj3jvMeNbdcvoaoHGy84MW9AwLKUM, O\'TO\'M, JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI, 30610102 Kompyuter grafikasi va dizayn Oquv dasturi 10 09

    MAVZU: MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI.

    REJA:

    Kirish

    Asosiy qisim

    1.Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.

    2.Darsning tuzilishi va darsga vazifa ko’yish turlari. O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari. Darsning vazifalari va maqsadi.

    3.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari - o’quv ishlarining asosiy shakli sifatida.


    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish

    Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o’quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o’qituvchisini boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko’nikmasi hamda malakalarini shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo’lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi. "Science and Education" Scientific Journal June 2021 / Volume 2 Issue 6 www.openscience.uz 517 Shuningdek, umumiy ma’lumotlar, amaliy va ilg’or tajribalarni umumlashtiradi, tegishli jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, jismoniy tarbiya jarayonini uyushtirishning samarali vositalari va uslublarining maqsadga muvofiq shakllarini majmuali ravishda ochib beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doimo jismoniy tarbiya amaliyotiga tayangan holda taraqqiy qiladi va takomillashadi. Uning metodologik asosi ana shu amaliy ilmiy tadqiqot natijalarini o’zlashtirish orqali hamisha boyib boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya predmeti qotib qolishi mumkin emas, u rivojlanib va mukammallashib boradi. Yosh avlodni ongli, milliy g’ururli, yuksak madaniyatli qilib, ya’ni sog’lom, baquvvat, chiniqqan, tadbirkor, o’z xarakatlarini yaxshi boshqara oladigan, badantarbiya va sport mashg’ulotlarini sevadigan, har qanday vaziyatda ham o’zini tuta biladigan va mustaqil xarakat qila oladigan, xayotda faol, ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli qilib tarbiyalash jismoniy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi boshlang’ich sinflarda har bir yosh bosqichidagi bolaning yashirin imkoniyatlari qonuniyatlarini o’rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya majmuasi, ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko’nikma va malakalar, jismoniy sifatlar, ba’zi sodda bilimlarni) ko’zda tutadi.


    Download 72.57 Kb.
      1   2   3




    Download 72.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi

    Download 72.57 Kb.