MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT




Download 1,64 Mb.
bet8/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)
1 MAVZU PDF, 3-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari G‘arb falsaf-fayllar.org, test 4-dekar, 02.2.O‘rnatilgan operatsion tizimlarda semofaralar, Документ Microsoft Word, Hasan chala1122, Noryigitov Zafar11111
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT

METODLARI

METOD HAQIDA TUSHUNCHA, PEDAGOGIK TADQIQOT

METODLARI
Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, na- zariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifati- da «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qo- nuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi,
Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish ke- rak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mav- jud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­di va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi.
Usui va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ular- ning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­di va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushunila- di. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalikto'g'ri tanlasa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashti- rish shu darajada yuksaladi.

Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:


  1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;


  2. Kuzatish metodi;


  3. Suhbat metodi;


  4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;


  5. MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi;


  6. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;


  7. Test sinovlar metodi metodi;


  8. Statistika ma’lumotlarni tahlil qilish metodi;


  9. Matematika va kibernetik metodi;


  10. Sotsiologik tadqiqot metodi.


O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'ldir, degan edi pro­fessor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo'yadi:


  1. O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qa- rashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi­yaviy tusda bo'lishi lozim.


  2. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday ma­salalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masa- lalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.


3.0'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.


  1. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyat- lariga muvofiq bo'lishi lozim.


  2. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.


  3. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor.


  4. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.


Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tuti- )adi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri­shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshi- rishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.


Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dun- yoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri- shadilar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan,
Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika”, K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Download 1,64 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT

Download 1,64 Mb.