Nazorat uchun savol va topshiriqlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berishning asosiy tamoyillarini sharhlab bering.
Farobiyning huquqiy tarbiya masalalariga oid falsafiy qarashlarining ahamiyati nimada?
Bolalarga huquqiy tarbiya berishning mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?
Huquq va qonun iboralariga ta’rif bering va ular orasidagi tafovutni yoriting.
Oilada huquqiy tarbiyani amalga oshirishda ota-onaning roli va majburiyatlarini tushuntirib bering.
Maktabgacha taiim muassasalarida bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish jarayonini izohlang.
Huquqiy tarbiyaga oid moddalardan misollar keltiring va tushuntirib bering.
Huquqiy me’yorlar va axloqiy me’yorlar bo'yicha alohida jadval tuzing va uni yoritib bering.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" asosida "Bolalarning burch va majburiytlari” jadvalini tuzing va izohlab bering.
Huquqiy tarbiya bo'yicha mavzu yuzasidan testlar.
Demokratik huquq va erkinliklar nima bilan himoya qilinadi?
Prezident farmonlari bilan
Qonun va qarorlar bilan
Konstitutsiya va qonunlar bilan
Konstitutsiya bilan.
2.0‘zbekiston Respublikasi tuzilish jihatidan qanday davlat?
a} Unitar
Konfederativ
Respublika
Suveren
Huquqiy tarbiyaning tarkibiy qismlarini aniqlang?
Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim
Huquqiy tashviqot, huquqiy me'yorlar, huquqiy himoya, huquqiy majburiyat
Huquqiy burch, huquqiy himoya qiluvchi tashkilotlar, jamoatchilik huquqi
Huquqiy tenglik, huquqiy manfaatdorlik, huquqni mustaqil amalga oshirish
Amir Temur tomonidan davlatni boshqarishdagi asosiy tamoyillar qaysi bandda to'g'ri yoritilgan?
Tadbir va mashvarat, shijoat, ehtiyotkorlik, sergaklik
Mashvarat-u maslahat, kengash, holislik, murosa-yu madora
Kengash, mashvarat-u maslahat, qat'iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik, ehtiyotkorlik, adolat
Shijoatlik, balandparvozlik, chidamlilik, rahmdillik, xayr- ehson qilish
Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" ni o'rgatishdan maqsad - bu ...
Bolalar rivojlanishining turli bosqichlarida mavjud mezonlarni, huquqiy muammolarni, bolalar hayotiga oid boigan barcha masalalarni o'rganadi
Bolaning yashay olish, rivojlanish, ishtirok etish, vijdon va din erkinliklari, barcha zo'ravonlik va qiynoqlardan muhofaza qilish huquqlari bilan ta'minlaydi
Huquqi ong va boshqa tushunchalarni shakllantirish, bolani huquqiy boshqarish chora-tadbirlar majmuasi
Hayotiy muhim yechimlarni ota-onalar tomonidan birgalikda hal etish, bolalarga g'amxo'rlik ko'rsatish.
|