• Abu Rayhon Beruniy
  • Abu Ali ibn Sino
  • M. N. A'Z am ova maktabgacha pedag о gika




    Download 1,64 Mb.
    bet97/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    Abu Nasr Farobiy (870-950) tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib, "Kitob qolhaji va al- Miqdor”, "Kitob al-mabodi al-insonia”, "Kalam fia'zo al hayvon” nomli asarlari bunga dalil bo'la oladi.

    Farobiy o'zining "Ixsoa al-ulum va al-ta’rif” asarida zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o'rganib, ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog'iga ta'rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi.

    Tabiatshunoslikka oid "Kitob al-mabodi al-insonia", "Kalam fia'zo al hayvon" kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o'xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik-fiziolgik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to'xtalib o'tilgan. Kasalliklarning oldini olish, sog'lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo'llash lozim ekanligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.

    Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarining o'zaro ta'siri bilan tushuntirishga urinadi. U tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: "Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi”.

    Beruniy "Saydana" asarida 1116 turdagi dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750tasi turli o'simliklardan, lOltasi hayvonlardan, 107tasi esa minerallardan olinadi. Har bir

    o'simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.

    Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o'z davri ilm-fanining deyarli barcha sohalari bilan shug'ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa 24tasi yetib kelgan.

    Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur "Tib qonunlari" nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. "Agar dunyoda chang va g'ubor bo'lmasa insoniyat ming yil umr ko'rardi” deb aytgan edi. Olimning juda ko'p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog'lig'ini saqlash haqidagi, parhez, gigiyena to'g'risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishni tavsiya etgan.




    Download 1,64 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   223




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. N. A'Z am ova maktabgacha pedag о gika

    Download 1,64 Mb.