137
22-
MAVZU SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI
Reja.
1. Sertifikatlashtirish sxemalari.
2.Sertifikatlashtirish omillari.
3.
Ekspert-auditorlar
Sertifikatlashtirish
bo‘yicha
ISO
tarkibidagi
qo‘mita tomonidan
tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan
sertifikatlashtirishning to‘qqizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham
aynan shu 9 ta sxema tadbiq etilgan:
Birinchi sxema
. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini
standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida
sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan
namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yo‘l
o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va halqaro
savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.