139
To‘qqizinchi sxema
mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati
bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan
birgalikda sertifikatlash
tushuniladi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi
va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi
beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘lik bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi
zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi
mahsulot sifatining
nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy
talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib,
mamlakatdagi
amalda bo‘lgan qonunlar va meyoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo
shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil
qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.