M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/189
Sana20.05.2024
Hajmi3,05 Mb.
#246757
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   189
Bog'liq
Eshonqulova

sertifikatlashtirish tizimi” 
bo‘lib, u 
quyidagicha 
ta’riflanadi: 
Sertifikatlashtirish 
tizimi 

muvofiqlikning 
sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va 
boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. 
“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi 
/sxema sertifikatsii/ kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning 
sertifikatlash-tirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va 
tartibi”. 
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida 
to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish 
tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi. 
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish 
tizimining 
qoidalariga 
muvofiq 
guvohnoma 
talabgoriga 
berilgan 
sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga 
binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega 
bo‘lmagan sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga 
binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan 
sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: 
majburiy 
va 
ixtiyoriy. 
Mahsulotni u 
yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga 
ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson 
salomatligiga 
ta’sir 
ko‘rsatuvchi 
mahsulotlar, 
albatta, 
majburiy 
sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi 
ixtiyoriydir. 


179 
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega 
bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. 
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, 
sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda 
o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi. 
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo 
iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan 
mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun 
muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni 
ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va 
ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi 
tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo 
mustaqil ravishda ish ko‘radilar. 
Uchinchi 
tomon 
tarafidan 
qilinadigan 
sertifikatlash-tirish 
ishlab 
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l 
keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi 
tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda 
shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab 
chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy 
tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida 
ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini 
sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi. 
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy 
bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy 
miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan. 
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan 
o‘tkaziladigan texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini 
qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni 
tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash 
havfidan 
himoyalangan 
qurilmalarning, 
kemalarning, 
suzish 
vositalari-ning, 
tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘ 
texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat 
o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi. 


180 

Download 3,05 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   189




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish