M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana20.05.2024
Hajmi3,05 Mb.
#246757
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
Eshonqulova

Sertifikatlashtirish 
deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning 
muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan 
faoliyat tushuniladi. 
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlash-tirish 
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi 
tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov 
laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning 
qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan. 
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti-ning qo‘llanmasida 
“sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan: 

sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va 
xizmatlarning sertifikatlash-tirishda /muvofiqlikni sertifiklashtirish/ uchinchi 
tomonning qatnashishi tushuniladi; 

sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish 
bo‘yicha yangi /ta’minlov-chining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish/ 
tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda. 
Qo‘llanmaning 
qayta 
ishlangan 
nushasida 
muvofiqlikni 
“sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan. 
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha 
talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi 

muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlash- 
tirish belgilaydi. 
Muvofiqlik 
bayonoti deb yetkazib beruvchining 
mahsulot, 
jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga to‘la- 
to‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga 
olganligini bayon 
etishiga aytiladi. 
Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” 
tushunchasi 
bilan 
almashilayotgani 
qayd 
qilinmokda. 
O‘z-o‘zini 
sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun 


178 
mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va 
mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. 
Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. 
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriya- 
sining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni 
belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini 
bayon etishiga aytiladi. 
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan 
standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida 
o‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, 
mol/ ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat 
beriladi. 
Yana bir zarur atamalardan biri “

Download 3,05 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish