• Nazariy ma’lumotlar
  • M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/189
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #246757
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   189
    Bog'liq
    Eshonqulova

    4-
     
    AMALIY. SERTIFIKATLASHTIRISHNI O‘TKAZISH 
    TARTIBI. 
     
    Ishdan maqsad: 
    Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartib-qoidalari to’g’risida 
    ko’nikma va malakalarni shakillantirish. 
    Nazariy ma’lumotlar
     
    Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish O‘zbekiston 
    Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni 
    sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi. 
    Unga binoan: 
    “Mahsulotni 
    sertifikatlashtirish” 
    (keyinchalik 
    sertifi-katlashtirish) 
    mahsulotga o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat; 
    “Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini 
    tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat; 
    “Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa 
    meyoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda 
    tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan 
    belgi tushuniladi. 
    Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
    -
    inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof- 
    muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga 
    oshirish uchun; 
    -
    xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun; 
    -
    mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy- 
    texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish 
    uchun; 
    -
    iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) 
    uchun; 
    -
    ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini 
    tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun. 
    O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni 
    sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
    Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli 
    raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish 
    qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi. 
    Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy 
    tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import 
    mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan 
    umumiy talablarni belgilaydi. 


    181 
    O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan 
    va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish 
    bo‘yicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda 
    sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar. 
    Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, 
    vazirliklar, Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan 
    tartibda sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni 
    sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
    Qarorining 2-ilovasida keltirilgan. 
    O‘zbekiston 
    sertifikatlashtirish 
    milliy 
    tizimida 
    mahsulotlarni 
    sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi: 

    sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish; 

    meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish; 

    buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish; 

    identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga 
    yetkazish; 

    akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish; 

    mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash; 

    sifat tizimini baholash; 

    mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash; 

    olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki 
    bermaslik; 

    O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish; 

    chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish; 

    sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) 
    barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish; 

    apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish. 
    O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni 
    sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari: 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   189




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish