Maktabim.Uz
Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“_____”. O‘qituvchi: _____________
MAVZU: Tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati
DARSNING MAQSADI:
a) ta’limiy: o’quvchilarga tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati haqida ma’lumot
berish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarni o’zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga
o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda
ma’suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan
olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tadbirkorlik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar,
slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar,
jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
№
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
Ajratiladigan vaqt
(reglament)
1 Tashkiliy qism
5 daqiqa
2 Ma’naviyat daqiqasi
3 O‘tilgan mavzuni takrorlash 5 daqiqa
4 Yangi mavzuni tushuntirish 25 daqiqa
5 Mustahkamlash 5 daqiqa
6 O‘quvchilarni baholash
5 daqiqa
7 Uyga vazifa berish
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik
darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish,
ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara
uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni
og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil
o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar
beriladi.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi
ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida »gi qonuni, 3-modda
Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy resurslar), kapital
(ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro biriktirib, ularning bir-biriga
muvofiq harakatini ta’minlab, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatishni amalga oshiradi. Tadbirkor – tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi
Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish
borasida bilim, ko‘nikma va tajribaga ega shaxs. Tadbirkorlik har bir insonni muayyan
daromad bilan ta’minlab, uning o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini
oshirishga imkon yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik
va osoyishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi
rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi.
Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat budjeti
daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat
a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot muassasalari,
o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak,
tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini
kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik
faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida
berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Tadbirkorlik tushunchasi nimani anglatadi?
2. Nima uchun tadbirkorlik bozor ishtirokchilarini harakatga undovchi faoliyat
hisoblanadi?
3. Tadbirkorlik layoqati qanday xislatlar orqali namoyon bo‘ladi?
4. Nima uchun tadbirkorlik ishlab chiqarish omillari orasida eng muhimi hisoblanadi?
5. Tadbirkorlikning asosiy jihatlarini izohlab bering.
6. Tadbirkorlik alohida shaxs, jamiyat va davlatga qanday manfaat keltirishi mumkin?
7. Kimlar tadbirkor bo‘la oladi?
8. Tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar zarur?
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan
baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida
va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish,
qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O‘TIBDO‘: _______
Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“_____”. O‘qituvchi: _____________
MAVZU: Tadbirkorlik turlari va shakillari
DARSNING MAQSADI:
a) ta’limiy: o’quvchilarga tadbirkorlik turlari va shakillari haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan
olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tadbirkorlik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar,
slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar,
jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
№
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
Ajratiladigan vaqt
(reglament)
1 Tashkiliy qism
5 daqiqa
2 Ma’naviyat daqiqasi
3 O‘tilgan mavzuni takrorlash 5 daqiqa
4 Yangi mavzuni tushuntirish 25 daqiqa
5 Mustahkamlash 5 daqiqa
6 O‘quvchilarni baholash
5 daqiqa
7 Uyga vazifa berish
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik
darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish,
ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara
uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni
og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil
o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar
beriladi.
Iqtisodiy faoliyat turli ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Masalan, biz turli mahsulotlar
(non, kiyim, o‘quv qurollari, avtomobil, uy va boshqalar)ni ishlab chiqarish bilan xizmat
ko‘rsatish (maishiy xizmat, ta’lim xizmati, sog‘liqni saqlash, maslahat berish va
boshqalar)ni farqlaymiz. Shunga ko‘ra, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati turlari o‘zidagi jarayonlar
shakli va mazmuni hamda ularni amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanadi. Tadbirkorlik
faoliyati xizmat ko‘rsatish, vositachilik faoliyati, iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish, moliyaviy operatsiyalar kabi sohalarda nisbatan samarali amalga oshadi.
Tadbirkorlik faoliyatining yo‘naltirilganligi, kapitalni kiritish obyekti va aniq natijalariga
ko‘ra tadbirkorlik turlari farqlanadi. Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlashdan
avval uning o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz kichik qandolatchilik
sexi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur asbob-uskuna va jihozlar hamda
yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Sizning qandolatchilik mahsulotlari
ishlab chiqarish faoliyatingiz ishlab chiqarish tadbirkorligi deyiladi. Tijorat tadbirkorligi
– tovar-pul munosabatlari va savdo-ayirboshlash operatsiyalariga, ya’ni tovar va
xizmatlarni qayta sotishga asoslangan faoliyat. Chakana va ulgurji savdo, turli molmulklar,
shu jumladan ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qilish tijorat
tadbirkorligiga misol bo‘la oladi. Sug‘urta – turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga
keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati. Sug‘urta faoliyati ham
tadbirkorlikning maxsus turi hisoblanadi. Unga
mulk sug‘urtasi, hayot va sog‘liqning shaxsiy sug‘urtasi, risk sug‘urtasi,javobgarlik
sug‘urtasi kabilar kiradi. Umumiy holda sug‘urta tadbirkorligini sug‘urta xizmatlarining
oldi-sotdisi sifatida tavsiflash mumkin. Tadbirkorlik turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik
shakllarini ham to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi. Tadbirkorlik shakli – faoliyat
yuzasidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati
jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir.Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning
holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. Tadbirkorlikning
asosiy shakllariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ
tadbirkorlik kiradi. Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga xos xususiyatlarini
keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida
berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Tadbirkorlik qanday turlarga bo‘linadi?
2. Muayyan tadbirkorlik turini tanlashda nimalar hisobga olinadi?
3. Ishlab chiqarish tadbirkorligining o‘ziga xos belgilari qanday?
4. Qaysi holatda ishlab chiqarish tadbirkorligini tanlash mumkin?
5. Tijorat tadbirkorligining asosiy jihatlarini izohlab bering.
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan
baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida
va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish,
qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O‘TIBDO‘: _______
Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“_____”. O‘qituvchi: _____________
MAVZU: Yakka tartibdagi tadbirkorlik

|