|
4. aholining turmush darajasiva daromadlari
|
bet | 1/5 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #111774 |
Bog'liq 4.aholining turmush darajasi va daromadlari
4.AHOLINING TURMUSH DARAJASIVA DAROMADLARI
1.Turmush darajasi tushunchasi va unga ta’sir e’tuvchi omillar.
2.Aholining turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi
3.Iste’mol byudjeti va uning asosiy turlari
4.Aholi daromadlarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
5.Aholi daromadlari turlari va uning tarkibi
Reja:
1. Turmush darajasi tushunchasi va unga ta’sir e’tuvchi omillar.
Aholining turmush darajasi insonlar hayoti va faoliyatining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari majmui bilan tavsiflanuvchi murakkab va ko’p qirrali tushunchadir. Aholi turmush darajasini tadqiq etish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlar uchun, xususan, mamlakatiararo taqqoslash uchun dolzarbdir.
Aholining turmush darajasini o’rganishning eng muhim jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
-iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi hisoblangan insonning asosiy sifat xususiyatlarini baholash (yuksak darajada davom etishiga erishish uchun sog’lom turmush tarzini olib borishga qobiliyat; ta’lim olish imkoniyatlari, munosib turmush uchun etarli mablag’larga ega bo’lish va yuksak kasbiy sifatlami egallash);
-nominal va real daromadlami baholash;
-aholining uy-joy, uzoq muddatli foydalanishga mo’ljallangan iste’mol ne’matlari bilan ta’minlanish xususiyatini o’rganish.
Aholining turmush darajasi - bu aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko’rsatkichlar majmuidir.
BMT konsepsiyasi
|
Shved modeli
|
1. Salomatlik
|
1. Mehnat va mehnat sharoiti
|
2. Ovqatlanish
|
2. Iqtisodiy imkoniyat
|
3. Ta’lim
|
3. Siyosiy imkoniyat
|
4. Bandlik va mehnat sharoiti
|
4. Maktab ta’limi
|
5. Turarjoy sharoiti
|
5. Salomatlik va tibbiy yordamdan foydalanish
|
6. Ijtimoiy ta’minot
|
6. Ijtimoiy imkoniyat (oila va oila munosabatlarining shakllanishi)
|
7. Kiyim-kechak
|
7. Turarjoy
|
8. Dam olish va bo’sh vaqt
|
8. Ovqatlanish
|
9. Inson huquqlari
|
9. Bo’sh vaqt va uni o’tkazish
|
Aholi turmush darajasi komponentlari
BMT konsepsiyasida asosiy e’tibor salomatlik va ovqatlanishga, shved modelida esa mehnat va mehnat sharoitlariga qaratilgan.
Farovonlikning ikkita sifat darajasi ajratiladi:
-insonning (oilaning) dastlabki ehtiyojlarini mo’tadil hayot bilan va uning faoliyatini saqlab turish uchun belgilangan miqdordagi oziq-ovqat (eng avvalo, oqsil-kaloriyali qiymat bo’yicha), kiyim, uy-joy, sog’liqni saqlash, shaxsiy xavfsizlik bilan doimiy qondirish;
-moddiy to’kinlik, unda dastlabki ehtiyojlarni qondirishning erishilgan yuksak darajasi oila va uning har bir a’zosining ehtiyojlarini qondirishning eng maqbul, yakka tartibga mo’ljallangan turiga o’tishga imkon beradi.
Turmush darajasi ko’p sonli, xilma-xil omillarga bog’liq bo’lgan ko’p qirrali hodisadir. Istalgan odamning hayoti va faoliyati havo va suv muhitining, uy-joy, maishiy hamda ishlab chiqarish sharoitlarining, iste’mol tovarlari miqdori va sifatining ahvolidan boshlab, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatlar, shuningdek, siyosiy institutlar ahvoliga qadar bo’lgan tabiiy va ijtimoiy omillaming keng spektri bilan belgilanadi. Omillaming eng ahamiyatli guruhi - siyosiy va iqtisodiy omillar, ijtimoiy soha, ilmiy-texnik jarayon, ekologik muhitning rivojlanish omillaridir.
Yuqoridagi omillaming ta’siri tabiiy iqlim sharoitlari va boyliklar (inson, mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma’naviy) mavjudligi bilan kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin. Lekin, bevosita bog’liqlik bu erda yo’q. Masalan, juda taqchil tabiiy boyliklarga ega bo’lgan Yaponiya va Shveysariya boy mamlakatlar hisoblanadi. Aholisining soni ko’p bo’lgan mamlakatlarda ham (AQSH, Germaniya, Yaponiya), kichik bo’lgan mamlakatlarda ham (Lyuksemburg, Finlyandiya, Shveysariya) yuksak darajadagi farovonlik qayd qilinadi. Masalan, Kanada, Norvegiya, Rossiya (shimoliy mintaqalar) og’ir iqlim sharoitlariga ega, turmush darajasi bo’yicha esa bu mamlakatlar bir-biridan farq qiladi.
Aholining turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar.
Siyosiy omillar. Har bir mamlakatda aholining turmush darajasi jamiyat (davlat) tuzumi xususiyatiga, huquq institutining mustahkamligiga va inson huquqlariga rioya etilishiga, hokimiyat turli tarmoqlarining o’zaro nisbatiga, uning boshqa mintaqalar (korxonalar) bilan o’zaro munosabatlariga, qarshi kuchlar, har xil partiyalaming mavjudligiga bog’liq.
Iqtisodiy omillar. Aholi turmush darajasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan milliy boylikning iqtisodiy imkoniyatlarga bog’liq. U moddiy boyliklar, mehnat hisobiga jamg’arilgan mahsulotlar hamda jamiyat tasarrufidagi hisobga olingan va iqtisodiy muomalaga jalb qilingan tabiiy boyliklaming yig’indisidir. Milliy boylikning uzluksiz to’lib borishi (uning oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishi) ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy daromad - bu ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mehnat vositalari va moddiy harajatlardan istisno umumiy ijtimoiy mahsulotning bir qismi bo’lib, u yangidan yaratilgan qiymat, ya’ni ushbu yildagi ishlab chiqarishning jamiyat farovonligi uchun qo’shilganidir. Bu jamiyatning sof “ishlab topilgan” daromadidir.
Iste’mol fondi - bu insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini va umuman jamiyat ehtiyojlarini (ishlab chiqarish sohasiga, mudofaga harajatlar) qondirishni ta’minlovchi milliy daromadning bir qismidir. Ushbu fond miqdori ehtiyojlami qondirishning imkoniyatlarini belgilaydi.
Jamg’arma fondi - bu fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish rivojlanishini ta’minlovchi milliy daromadning bir qismidir.
2.Aholining turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi
|
| |