• Moslashuvchan ishlab chiqarish, on-line tarmoqlar,ishbilarmonlik axboroti, kasbiy axborot,iste’molchilar uchun axborot,ta’lim xizmatlari,axborot madaniyati,tarmoq madaniyati
  • Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari




    Download 58 Kb.
    bet1/3
    Sana02.03.2024
    Hajmi58 Kb.
    #165780
      1   2   3
    Bog'liq
    Global informatsion texnologik rivojlanish revolyutsiyasi chuqurlashuvi
    5-илова, 2, Desmurgiya, 1477041741 65859, 20

    Global informatsion texnologik rivojlanish revolyutsiyasi chuqurlashuvi
    Reja:
    1. Axborotlashgan jamiyatda iqtisodiyot va mehnat
    2.Axborotlashgan jamiyatda madaniyat
    3. Axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi
    Kirish

    Axborotlashgan jamiyatga o’tish iqtisodiyotda material ishlab chiqarish( qishloq xo’jaligi, sanoat)ning ikkinchi darajaga o’tqazilib, xizmat ko’rsatish, jumladan axborot xizmati ko’rsatish sohasining asosiy rol bajarishi jarayoni bilan uyg’unlashadi. Axborotlashtirish natijasida XX asrning ikkinchi yarmida mehnat resurslarining material ishlab chiqarish sohasidan axborot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga oqib o’tishi yuz berdi.


    Moslashuvchan ishlab chiqarish, on-line tarmoqlar,ishbilarmonlik axboroti, kasbiy axborot,iste’molchilar uchun axborot,ta’lim xizmatlari,axborot madaniyati,tarmoq madaniyati
    XX asr o’rtalarida sanoat sohasida ishlovchilarning 2/3 qismi band bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu sohada rivojlangan davlatlarning 1/3 aholisi banddir. Masalan, 80-yillarda AQSHda qishloq xo’jaligida 3%, sanoatda 20%, xizmat ko’rsatish sohasida 30% , axborot sohasida 48% aholi band bo’lgan. Axborot sohasida ishlovchilarga o’qituvchilar, bank xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, dasturchilar va boshqalarni kiritish mumkin. Bundan tashqari axborotlashtirish sanoatning an’anaviy sohalaridagi mehnat xarakterini ham o’zgartirdi. Bu holatga robototexnik tizimlarning paydo bo’lishi, mikroprotsessorli texnikaning keng qo’llanilishi sabab bo’ldi.
    Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining muhim xususiyati – uning globallashuvidir.Bir necha asrlik o’zaro bog’liq iqtisodiyotidan farqli ravishda , global iqtisodiyot “real vaqt” rejimida butun planeta masshtabida mavjud bo’ladi va faoliyat ko’rsatadi.”Real vaqt” rejimi termini tizimni boshqarish qarorlarini qabul qilish va ularning realizatsiyasi ushbu tizimda ro’y berayotgan texnologik jarayonlardan tezroq amalga osirilishini anglatadi. Global iqtisodiyot axborot va kommunukatsion texnologiyalarga asosiga qurilgan bo’lib, boshqa sharoitda mavjud bo’la olmaydi. Yangi texnologiyalar qisqa vaqt ichida kapitallarni dunyo bo’ylab, bitta milliy hudud iqtisodiyotidan ikkinchi milliy hudud iqtisodiyotiga o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, milliy institutlarini bir tarmoqqa birlashtiradi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi formalariga ega bo’ladi. Axbarot texnologiyalari moslashuvchan ishlab chiqarishlar deb ataluvchi qisqa muddatlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslasha oladigan ishlab chiqarish turiga asos soldi.Bunday tizimlar bozor talabiga tezroq moslasha olgani uchun, an’anaviylariga nisbatan effektivroq bo’lib hisoblanadi.Axborotlashtirishning yana bir oqibati – o’rta va kichik firmalar soni, raqobqtbardoshliligining oshib borishidir. Axborotlashtirish jarayonida “tarmoq tashkiloti” deb ataluvchi tashkilotlar shakli vujudga kelib, bunday umumlashmalarning alohida elementlari ham mustaqil, ham birgalikda faoliyat ko’rsata oladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining yana bir xarakteristikasi – rivojlangan axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining mavjudligidir. Ushbu bozor quyidagi sektorlarga ega:

    • Ishbilarmonlik axboroti(birja, moliya, statistika, tijorat axborotlari);

    • Kasbiy axborot(alohida kasblar bo’yicha,ilmiy-texnik, axborotlar);

    • Iste’molchilik axborotlar(yangiliklar, turli jadvallar,qiziqarli axborotlar);

    • Ta’lim xizmatlari

    Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida aholining ish bilan ta’minlanganlik strukturasi ham o’zgarmoqda.:

    • Material ishlab chiqarish sohasi(sanoat va qishloq xojaligi)da band bo’lgan aholi hissasining kamayib borishi;

    • Xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi foizining va xizmat ko’rsatish turlarining o’sib borishi;

    • Boshqaruv va texnik ish joylari sonining tez ortishi;

    Ishlovchi aholining material ishlab chiqarishi sohasidan, axborot ishlab chiqarish va axborot xizmatlari sohasiga oqib o’tishi bu borada yangi mehnat shakllariining paydo bo’lishiga olib keldi.: bular moslashtirilgan ish kuni, uyda ishlash kabilar.

    Download 58 Kb.
      1   2   3




    Download 58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari

    Download 58 Kb.