|
4. aholining turmush darajasiva daromadlari
|
bet | 4/5 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #111774 |
Bog'liq 4.aholining turmush darajasi va daromadlariIste’mol byudjeti - eng muhim moddiy boyliklar va xizmatlar hajmi va tarkibining qiymat ko’rsatkichidir. Faktik va me 'yoriy iste ’mol byudjeti farqlanadi. Me’yoriy iste’mol byudjeti davlat daromadlar siyosatining ijtimoiy me’yorlari bo’lib, ijtimoiy siyosatni o’tkazishda yo’nalish rolini o’ynaydi. Iste’mol byudjeti eng kam, oqilona va elitar iste ’mol byudjeti kabi standartlarda bo’lib, ehtiyojlami qondirishning turli darajalarini aks ettiradi.
Iste’mol byudjeti tarkibida odatda harajatlaming quyidagi turlari ko’zda tutiladi:
- oziq-ovqat;
- kiyim, ichki kiyim, oyoq kiyimi;
- sanitariya, gigiena, dori predmetlari;
- mebel, idish, uzoq muddatli foydalanishga mo’ljallangan predmetlar;
- uy-joy vakommunal to’lovlari;
- madaniy-ma’rifiy tadbirlar va dam olish;
- maishiy xizmatlar;
- transport;
- aloqa;
- boshqalar.
Jahon va mamlakat amaliyotida iste’mol byudjetining quyidagi usullari ishlab chiqilgan:
-me’yoriy - byudjet alohida tovar va xizmatlar (me’yoriy iste’mol savati) va ulaming real qiymatlari asosida belgilanadi. Ishlab chiqilayotgan byudjet turiga bog’liq ravishda me’yorlar eng kam va mo”tadil darajada bo’ladi.
-statistik - byudjet mamlakat aholisining ma’lum qatlamlarining o’z ixtiyoridagi daromadlari darajasida belgilanadi. Masalan, tirikchilik minimumi byudjeti uchun mamlakatning 20% eng kambag’al fuqarolari daromadlari qabul qilinadi. Elitar iste’mol byudjetlarini o’matish uchun mamlakatning badavlat va boy odamlari daromadlari asos bo’lishi mumkin.
-birlashtirilgan (me’yoriy-statistik) - oziq-ovqatga sarflanadigan harajatlaming iste’mol me’yorlari bo’yicha, qolgan qismlar esa statistik yo’l bilan belgilanadi.
—sub’ektiv - mavjud byudjetning zaruriy darajasi jamoatchilik fikri va ekspertlari so’rovi asosida belgilanadi.
-zahiraviy - davlatning ushbu davrda eng kam iste’mol byudjetining yoki tirikchilik minimumi byudjetining ma’lum darajasini ta’minlash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari savati - bu bir oyga bitta odam uchun mo’ljallangan (mahsulotlami iste’mol qilishning eng kam me’yorlari asosida hisoblab chiqilgan) oziq-ovqat mahsulotlarining to’plami bo’lib, u jismoniy ehtiyojlarga muvofiq keladi, talab qilingan to’yimlilikni va asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga boylikni va ovqatlanishni tashkil qilishning an’anaviy ko’nikmalariga amal qilinishini ta’minlaydi
|
| |