|
4. aholining turmush darajasiva daromadlari
|
bet | 3/5 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #111774 |
Bog'liq 4.aholining turmush darajasi va daromadlari -milliy daromad;
-iste’mol fondi (bevosita iste’molchilar maqsadlariga sarflanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari mahsulotlari);
-milliy boylik tarkibida iste’mol fondining ulushi (to’plangan iste’molchilar mulki - uy-joy, madaniy-maishiy binolar, madaniy-maishiy, xo’jalik predmetlari). Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining umumiy yutuqlarini tavsiflaydi.
Xususiy ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- iste’mol darajasi va usullari; - mehnat sharoitlari;
- uy-joy bilan ta’minlanganlik;
- ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi;
- bolalami tarbiyalash sharoitlari;
- ijtimoiy ta’minot. Ushbu ko’rsatkichlar jamiyat rivojlanishi bilan bog’liq, lekin katta batafsillikka ega va aholining (xodimlaming) muayyan guruhlari, hududlar bo’yicha aniqlashtiriladi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyat va inson hayoti hamda faoliyatining iqtisodiy tomonini, ehtiyojlami qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini tavsiflaydi. Ularga jamiyat iqtisodiy rivojlanishining darajasini hamda har bir inson boyligini (nominal va real daromadlar, bandlik) tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi. Bu ko’rsatkichlar ishchi kuchining (aholining) iqtisodiy asosini tavsiflab, ulami takror ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liq, bu aholi daromadlari o’lchami va darajalanishida, ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining jins va yosh, kasbmalakaviy tarkibini, ishchi kuchining jismoniy takror barpo bo’lishini tavsiflaydi. Ular ijtimoiy ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi, ijtimoiy soha va umuman iqtisodiyotning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Bu omillar ommaning tabiiy asosi haqida tasawur beradi va aholining, uning alohida guruhlari sonining o’zgarishida hamda umr davomiyligida yaqqol ko’rinadi.
Ob’ektiv va sub’ektiv ko’rsatkichlar inson hayoti va faoliyatidagi o’zgarishlaming asoslanishi bilan bog’liq: birinchisi obektiv (iqtisodiy, texnik) asosga, ikkinchisi - alohida shaxslar va aholi guruhlarining sub’ektiv fikriga, mehnat, oilaviy munosabatlar, daromadlar, turmush tarzidan qoniqishining sub’ektiv bahosiga ega. Sub’ektiv baho turmush sifati konsepsiyasida hisobga olinadi.
Qiymat va natural ko’rsatkichlar. Qiymat ko’rsatkichlariga daromadlaming barcha ko’rsatkichlari va pul shaklidagi boshqa ko’rsatkichlar (tovar aylanishi, xizmatlar, yuk tashish hajmi, pul qo’yilmalari va jamg’armalar) kiradi. Natural ko’rsatkichlar aniq moddiy boyliklar va xizmatlami iste’mol qilishning natural ko’rsatkichlardagi (kg, dona, kv.m, kub) miqdorini - oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, uy-joy, madaniy-maishiy tovarlar bilan ta’minlanishni tavsiflaydi.
Miqdor va sifat ko’rsatkichlar. Miqdor ko’rsatkichlar aholi farovonligining sifat jihatini ta’riflab berishga imkon beradi. Bular - boyliklar, xizmatlar, oziq-ovqatning iste’mol tarkibi, ta’lim, malaka, uzoq *muddatga foydalanish uchun mo’ljallangan ijtimoiy-maishiy predmetlar bilan ta’minlanish darajasidir.
SHunday qilib, aholining turmush daradasi umumiy, xususiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik, ob’ektiv, sub’ektiv, Qiymat, natural, miqdor va sifat ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi
3. Iste’mol byudjeti va uning asosiy turlari
|
| |