220
Kirish
Mazkur dastur xalq xо‘jaligining texnika-texnologiya,
menejment va
marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq
bо‘lgan turli sohalarda
metrologiya, standartlashtirish,
sertifikatlashtirish va
sifatni boshqarishga doir
ishlarni tashkillashtirish, amalga oshirish, me’riy
hujjatlar bilan ishlash borasidagi bir qancha masalalarini qamrab olgan.
Ushbu
dastur standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishning ilmi,
meyoriy-qonuniy, tashkiliy-uslubiy va texnikaviy asoslarini shuningdek sohaga
oid ishlarni tashkillashtirish, olib borish va nazorat qilish bо‘limlaridan tashkil
topgan.
Fanning maqsadi va vazifalari
«Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish» fanini о‘rganishdan
maqsad: talabalarda iqtisodiyotning texnika-texnologiya,
menejment
va
marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo-nazorat va istemol bilan bog‘liq
bо‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bо‘yicha
masalalar bilan shug‘ullanish, hamda meyoriy xujjatlar
va standartlar bilan
ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish.
Fanning
vazifasi
–
talabalarga
standartlashtirish,
metrologiya,
sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish asoslarini, standartlar va meyoriy
xujjatlar
bilan ishlashni, iqtisodiyotning turli sohalarida va ishlab chiqarish
korxonalarida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni
boshqarish masalalari bо‘yicha ishlarni tashkil qila olishni о‘rgatishdan iborat.