• Tayanch iboralar: standartlashtirish xizmati, standartlashtirish davlat tizimi. 1. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati
  •  – rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) Infraqizil nurli termometr; b)




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/189
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #246757
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189
    Bog'liq
    Eshonqulova

    9 – rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) Infraqizil nurli termometr; b) 
    Quvvat o'lchagichi OLP-15A; c) Raqamli multimetr 971 А

    Nazorat uchun savollar: 
    1.
    O‘lchash asboblari nimaga asosan va qanday klasslarga bo‘linadi? 
    2.
    O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflariga nimalar kiradi? 
    3.
    Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi nima? 
    4.
    Anolog o‘lchash asboblariga kanday asboblar kiradi? 
    5.
    Elektromagnit va elektrodinamik o‘lchash asboblarinin afzalliklari va 
    kamchiliklarini aytib bering. 
    6.
    Magnitoelektrik va elektromagnit o‘lchash asboblarining farqini ayting. 
    7.
    O‘lchash mexanizmi nima? 
    8.
    Raqamli o‘lchash asboblarining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 
    9.
    O‘lchash o‘zgartkichlari deb nimaga aytiladi? 


    70 
    10-
     
    MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    STANDARTLASHTIRISH DAVLAT TIZIMI 
    Reja: 
    1.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati. 
    2.O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi. 
    3.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha texnik 
    qumitalar. 
    4.Standartlashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar va toifalari. 
    5.O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar. 
    6.
    Standartlashtirish tо‘g‘risidagi Respublika qonuni. 
    Tayanch iboralar: 
    standartlashtirish xizmati, standartlashtirish davlat 
    tizimi. 
    1.
     
    O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati 
    Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, 
    muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlash 
    maqsadida tegishli idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan 
    faoliyatlar standartlashtirish xizmatini tashkil etadi. 
    Quyidagi idoralar standartlashtirish ishlarining tashkil etilishini va olib 
    borilishini ta’minlaydilar: 

    tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –O‘zstandart 
    agentligi; 

    qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo‘yicha – 
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi; 

    tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof – muhitni 
    ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha 

    O‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi; 

    tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor 
    moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson 
    uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston 
    Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; 
    O‘zbekiston Respublikasida 
    standartlashtirish 
    bo‘yicha 
    ishlarni 
    vazirliklar, texnikaviy qumitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor 
    tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida to’zilgan yillik reja bo‘yicha 
    O‘zstandart agaentligi amalga oshiradi. 
    Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar 
    talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun 
    xavfsizlikni, atrof – muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining 
    himoya qilinishi, milliy sotsial – iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning 
    amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi. 


    71 
    O‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo‘m, Davlat tabiatni muhofaza 
    qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha) 
    respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish 
    muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar. 
    Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar 
    tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
    lozim. 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
    va 
    shaharlarda 
    standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning 
    muqobil darajasini ta’inlash ishlarini O‘zdavstandart, O‘zbekiston Respublikasi 
    Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi 
    va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari 
    amalga oshiradi. 
    Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha 
    ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo‘lgan 
    hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik 
    to’zilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli 
    sohalaridagi yuqori ilmiy – texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda 
    standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari to’ziladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) Infraqizil nurli termometr; b)

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish