M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/189
Sana20.05.2024
Hajmi3,05 Mb.
#246757
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   189
Bog'liq
Eshonqulova

4.
 
Sertifikatlashtirishni meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi 
Sertifikatlashtirishda nazorat qilinuvchi mahsulotga talablar hamda sinovlar 
(o‘lchashlar) nazoratini o‘tkazish standartlarda yoki boshqa texnikaviy hujjatlarda 
belgilanadi. Sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan standartlarga alohida talablar 
qoyiladi. Sertifikatlashtirishda nazorat ostiga olinuvchi buyumlar tavsifi uchun 
ularning miqdoriy qiymatlari va o‘lchash usullari (aniqlanishi) ham markirovka va 
saqlashga talablari bo‘lishi kerak. 
Agar buyumning eng ko‘p saqlanish muddati qayd etilgan bo‘lsa, bu muddat 
tugashi bilan u yana sinovdan o‘tkaziladi (shunday tartib, masalan, elektron 
texnikasi buyumini sertifikatlashtirish tizimida qabul qilingan). 
Odatda sertifikatlashtirishning milliy tizimi milliy standartlarga asoslangan 
bo‘ladi, ayrim hollarda mamlakatlar to‘g‘ridan – to‘g‘ri xalqaro standartlarni 
ishlatishi ham mumkin, bunga yaqqol misol tariqasida elektr – ro‘zg‘or asboblari 
xavfsizligi boyicha XEK standartlarini ko‘rsatish mumkin. 


126 
Xalqaro tizimlarda va bitimlarda sertifikatlashtirish xalqaro standartlar yoki 
boshqa texnikaviy ish tartibi asosida o‘tkaziladi. Shuni qayd etish kerakki, bunday 
standartlarni (ish tartibini) ishlab chiqishda asos qilib, biror mamlakatning milliy 
standarti olinadi, bu esa o‘z navbatida, usha mamlakatga nisbatan ma’lum 
qulayliklar yaratadi. 
Sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlaridagi meyoriy hujjatlarni ishlab 
chiqish va undan foydalanishda o‘zining ma’lum xususiyatlari bor. Masalan, 
elektron texnikasi buyumlarini sertifikatlashtirish tizimida kerakli standartlar 
bo‘lmaganda ham, agar ular XEK tomonidan ishlab chiqilgan umumiy talablarga 
javob bersa va tayyorlovchi bilan iste’molchi o‘rtasida kelishilgan bo‘lsa, boshqa 
meyoriy hujjatdan foydalanishga ruxsat etiladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   189




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. N. Eshonqulova metrоlоgiyа, stаndаrtlаshtirish va sertifikatlashtirish

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish