• Mustahkamlash uchun savollar
  • VTII B O B TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI
  • Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha
  • Mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/239
    Sana25.01.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #145886
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   239
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    Mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch 
    so‘z va iboralar:
    Avariya; falokat (katastrofa); kimyo sanoatidagi avariyalar; radioaktiv 
    korxonalardagi avariyalar; oziq-ovqat sanoatidagi avariyalar; transport- 
    dagi avariyalar; KTZM ta’siridagi avariyalar; dozimetrlar; VPXR jihozi
    shikastlangan kimyoviy o‘choqda bajariladigan ishlar; avariyani tiklash; 
    avariyaga sababchi omillar.
    Mustahkamlash uchun savollar
    1. Avariyalar va unlarga sabab bo‘uvchi omillar nimalardan iborat?
    2. KTZM ta’siridagi avariyalarda fuqarolar muhofazasining xalti- 
    harakatlarini tushuntiring?
    3. Falokatlar sodir bo‘ladigan tarmoqlar va ularning oqibatlari qanday 
    bo‘ladi?
    4. Falokat oqibatiarini tugatishda fuqarolarning xatti-harakatlari 
    qanday bo‘ladi?
    5. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar necha xil bo‘ladi?
    6. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarning sodir bo‘lishiga qanday 
    omillar sabab bo‘ladi?
    7. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalar haqida fuqarolar qanday 
    m a’lumotlarga ega bo'lishlari lozim?
    8. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda fuqarolarning xatti- 
    harakatlari qanday bo‘ladi?
    9. Sanoat niqoblarining qanday turlarini bilasiz?
    10. Temiryo‘l transportidagi avariyalarga qanday omillar sabab 
    bo‘ladi?
    146


    VTII B O B
    TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI
    Insoniyat yangi ming yillikka - XXI asrga qadam qo‘ydi, lekin shuni 
    ta’kidlash lozimki, o‘tgan asrda bashariyat juda ko‘p quvonchli hamda 
    tahlikali, dahshatli voqealarni boshidan kechirdi. Qonli to ‘qnashuvlami, 
    ikkita jahon urushini, sovuq urush vahimasi va qatag‘onlami boshidan 
    kechirgan insoniyat kelajak sari talpinib, har qanday qiyinchiliklami 
    yengib, taraqqiyotga erishib bordi. Afsuski, insoniyatning hayot kechirishi 
    uchun undagi imkoniyatlaming tobora cheklanib borayotganligi ayon 
    bo‘lmoqda. Aholini toza ichimlik suvi, toza havo, oziq-ovqat mahsulotlari 
    bilan ta’minlash bir vaqtda xavfsiz hayot masalalari ayniqsa qiyinlashib 
    bormoqda. Biroq taraqqiyparvar kuchlar tomonidan bashariyatning gullab- 
    yashnashi, uning sayyoramizda emin-erkin yashashi uchun yangidan yangi 
    imkoniyatlar yaratilmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi kunda yer 
    yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan, 
    xuruj qilayotgan xalqaro terrorizm o‘zining manfur maqsadlarini jahon 
    ommasiga tobora yaqqol ko‘rsatmoqda. Xalqaro terrorizm xuruji 
    oqibatida yuz minglab kishilaming yostug‘i qurib, moddiy boyliklar 
    vayron qilinmoqda. Hozirda uning xurujidan hech bir davlat, hatto 
    hech kim mutlaqo muhofazada emas. Har daqiqada insoniyat bunday 
    ijtimoiv ofatning qurboniga aylanishi mumkun. Shu sababdan BMTning 
    favqulodda vaziyatlar tasnifiga qo'shimcha qilib, aynan ijtimoiy-siyosiy 
    tavsifdagi favqulodda vaziyatlaming kiritilishi bejiz emas. Chunki bunday 
    tusdagi xavf-xataming darajasi yildan yilga ortib bormoqda. Shuning 
    uchun har bir inson o‘z yurti, millati, muqaddas zamini va oilasi tinchligi, 
    xotirjamligi uchun kurashmog‘i lozim.
    8.1. Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha
    Terrorizm lotincha «terror» so'zidan olingan bo‘lib, siyosiy, dinly, 
    mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, 
    sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy boyliklarning 
    yo‘q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro 
    tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga 
    yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, xalqaro munos'd -'-i <: 'i
    147


    inurakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy vaxlitiigini 
    buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni 
    ko‘zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy siyosiy 
    vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.
    Terrorizimning ikki turi mavjud:
    a) yakka tartibdagi;
    b) uyushgan guruhli terrorizm;
    Terrorizm o ‘rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda 
    uchrab, o'z faoliyatini amalga oshirgan. Lekin o ‘tgan asming oxirlaridan 
    uning yangi ko'rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari 
    va hukumatlari rahbarlarini, ulaming diplomatik vakillarini o‘ldirish 
    yoki o‘g‘irlash, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar binolarini portlatish
    aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib 
    qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o ‘xshash nomaqbul 
    harakatlami amalga oshirish. Bulardan ko‘rinadiki, terrorizmga aniq 
    va yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Bu vazifani imkoni boricha 
    hal qilishda 0 ‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabridagi 
    «Terrorizmga 
    qarshi 
    kurash 
    to‘g‘risida’gi 
    Qonunida 
    keltirilgan 
    tushunchalaming mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritsh mumkin. 
    Ushba qonunning 2-moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ulaming 
    mohiyati bayon etilgan. Jumladan:

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   239




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish