• Suvga g‘arq bo‘lish (cho‘kish)
  • M tojiyev, I. Nigmatov




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet219/239
    Sana25.01.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #145886
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   239
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    Xushdan ketish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Xushdan ketish 
    miyada qon aylanishining qisqa muddat izdan chiqishi bilan o‘tadigan 
    tomir yetishmovchiligining ko‘rinishidir. Bunday hodisa ruhiy travmalar, 
    qattiq bosh og‘riq mahalida va qon ketib turgan paytda, kasallar kes- 
    kin harakat qilib, birdan o‘rnidan turgan paytda ro‘y berishi mumkin. 
    Odam xushidan ketganda umuman darmoni qurib, boshi aylanadi, quloq- 
    lari shang‘illaydi, ko‘zlarining oldi qorong‘ilashib, bir necha soniya yoki 
    daqiqa o ‘zini bilmay qoladi. Bemor yiqi'.ib tushadi, badani oppoq oqarib, 
    terchilab turadi. Pulsi zaiflashib, daqiqasiga 40-60 martadan uradi. Birin-
    250


    chi tibbiy yordam ko ‘rsatishda bemorning boshini sal ko'tarib, yotqizib 
    qo'yish (boshi baland turmaydigan bo‘lishi kerak), yoqasini yechib, yuzi- 
    ni sovuq suv bilan artish, novshadil spirt hidlatish kerak. Odam o‘ziga 
    kelavermaydigan bo‘lsa, sun’iy nafas bera boshlash lozim.
    Suvga g‘arq bo‘lish (cho‘kish) deb nafas yo‘Ilarining suvga to ‘lib 
    qolishiga aytiladi. Suvga g‘arq bo‘lgan odamning bronxlari va o‘pkasiga 
    suv kirib, nafas olishi lo‘xtaydi, birdan kislorod tanqisligi boshlanib, 
    yurak faoliyati ham urxtab qoladi. Bunday holda odamni imkoni bori- 
    cha tezroq suvdan chiqarib olish zarur. Uni suvdan chiqarib olingandan 
    keyin beligacha yechintirilib, og‘zi bilan bumi balchiq va shilimshiqdan 
    obdan tozalanadi, dumaloqlab o‘rab balandroq qilib qo‘yilgan narsa usti- 
    ga yoki biror kishi tizzasiga qomi bilan yotqiziladi va shundan keyin 
    ko‘krak qafasiga bosib o‘pkasi bilan m e’dasidagi suv chiqarib tashlanadi. 
    So‘ngra shikastlangan odamni chalqanchasiga yotqizib, darhol sun’iy na­
    fas berishga va yurakni bilvosita uqalashga kirishiladi (q. 13, 15-rasmlar). 
    «Og‘izdan ogizg a» usuli bilan sun’iy nafas oldirish hammadan ko‘proq 
    n af beradi, bunday sun’iy nafas oldirishni shikastlangan odamning nafas 
    olishi asliga kelguncha davom ettiriladi. Nafas olish bilan yurak faoliyati 
    tiklanib asliga kelganida shikastlangan odamning badanini isitish choralar- 
    ini ko‘rish, unga qaynoq choy ichirish va tibbiyot muassasasiga olib bor- 
    ish choralarini ko‘rish kerak. Mabodo amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
    nafsiz bo'lib, o‘limning obyektiv belgilari (ko‘z qorachig‘lari kengayib, 
    yorug‘likni sezmasa, yurak urmay, to ‘xtab qolsa murda dog‘lari) paydo 
    bo‘lsa, organizmni qavta jonlantirish, tiriltirish tadbirlari to‘xtatiladi.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   239




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish