• 9.4. Xavfli hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish
  • M tojiyev, I. Nigmatov




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet139/244
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #232614
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M (1)

    Tuproq, poxol, qamish
    o‘rindiq
    Ochiq yerto‘lada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan holda 
    saqlanadilar. Yopiq yerto‘lalar, radioaktiv changlami, biologik tuman 1 ami, 
    kimyoviy qurollarni kiyim-kechaklarga, terilarga tushishidan saqlovchi 
    boshpana hisoblanadi.
    9.4. Xavfli hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish
    Qirg‘in qurollari ta’siridan saqlash usullaridan yana biri - bu fuqa- 
    rolami falokat yuz bergan joydan vaqtinehalik uzoqlashtirish yoki but- 
    kul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlar­
    ni harbiy vaqtda vaqtinehalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa 
    qishloqqa ko‘chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Lekin bunda ishchi-
    168


    xizmatchilar vaqtincha zararlangan hududdan chiqib turadilar. Qaytadan 
    yana ishga kelganlarida hamma ehtiyot choralarini ko‘rib, o‘z faoliyat- 
    larini boshlaydilar. Demak, vaqtinchalik ko‘chirishda ishlovchi odamlar 
    m a’lum bir vaqt dam olib keladilar. Evakuatsiya deganda hammani bir 
    vaqtda bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy yashash uchun 
    ko‘chirilish tushuniladi (asosan, ishlamaydigan fuqaroiar, pensionerlar, 
    bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilinganda alohida 
    buyruq bo‘lmaguncha fuqaroiar o‘sha joyda yashab turadilar. Xavfsiz 
    hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan boTishi 
    va aholiga hech qanday xavf tug‘dirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud 
    temiryo‘l, avtomobil yo‘llariga yaqin, ishchi-xizmatchilaming ishga bori- 
    shi va qaytib kelishi uchun qulay bo‘lgan joylarda tashkil etiladi. Ishga 
    bog‘liq boTmagan ishchilar hududdan uzoqroq yerga evakuatsiya qilinadi.
    Ikkinchi jahon urushi davrida 0 ‘rta Osiyo respublikalari xalqlari 
    evakuatsiya qilinganlami o‘z bag‘rilariga olganlar. Masalan, toshkentlik 
    temirchi Shoahmad ota Shomahmudov 14 bola asragani hammaga ayon.
    Xavfsiz hududga vaqtinchalik yoki butunlay ko‘chirish ishlari ish- 
    laydigan odamlar uchun ishlab chiqarish tamoyiliga ko‘ra, ishlamaydigan- 
    lar uchun esa hududiy tamoyilga ko‘ra turar joy boshqarmasi orqali 
    amalga oshirildi. Tadbirlar har bir ishlab chiqarish korxonasida yoki turar 
    joylarda bunday ishlar bilan shug‘ullanadigan boshliq o‘rinbosarlari to­
    monidan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Ko‘chirish ishlarining ham- 
    masi evakuatsiya qilinadiganlaming yig‘iladigan joyidan tashkillashtirila- 
    di. Yig‘ilish joylari (evakuatsiya punkti - EP) asosan, maktablar, klublar 
    va boshqa jam oat inshootlari boTishi mumkin. Aholini ko‘chirish haqida 
    m a’lumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, o‘quv yurtlari, kor- 
    xonalar, militsiya organlari hamda radio, televideniye orqali odamlar 
    xabardor qilinadi. Yg‘ilgan odamlar qayta hisobotdan o‘tkazilib, guruhlar- 
    ga boTinadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko‘rsatilgan vaqt ichida 
    xavfsiz hududga yetkazaladi.
    Yayov yuradiganlar oldindan tuzilgan marshrut bo‘yicha kolonna bo Tib 
    (kolonnada 500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda, albatta, guruhlarga 
    boTinadi va har bir guruhda 50-100 kishi boTadi. Kolonna har 1-1,5 
    soat yurishdan keyin 10-15 daqiqa dam olib, aytilgan joyga yetib borishi 
    bilan hamma kolonna a’zolari tibbiy ko‘rikdan o ‘tkaziladi. Bu yerda 
    evakuatsiya qilinganlami qabul komissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga 
    o‘sha joyning hokimiyat boshliqlari, korxona rahbarlari, oziq-ovqat va
    169
    /


    tibbiyot xizmatchilari kiradi. Ular odamlarni qabul qilib, hisobot oladilar 
    va joylashtiradilar. Odamlar asosan maktablarga, klublarga, kinoteatrlarga 
    va shunga o‘xshash joylarga, ba’zan ma’lum qism odamlar o'sha yerda 
    yashovchi oilaga ham taqsimlanadi. Joylashtirilgan har bir odamga tibbiy 
    xizmat ko‘rsatilib, oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
    Evakuatsiya qilingan fuqarolar o'sha yerdagi ishlab chiqarish 
    korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish