• Nafas organlarini saqlovchi vositalarga
  • Yakka tartibda saqlovchi vositalar yordamida




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/244
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #232614
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M (1)

    9.5. Yakka tartibda saqlovchi vositalar yordamida
    fuqarolarni muhofaza qilish
    Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, 
    terisiga va kiyim-kechaklariga radioaktiv moddalar, zaharli birikmalar va 
    biologik tumanlar tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar 
    qo"liani 1 ishiga ko‘ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko‘zni saqlov­
    chi turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi va izolirlovchi xiilarga 
    bo‘linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.
    Nafas organlarini saqlovchi vositalarga 
    gazniqoblar, resperatorlar, 
    matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi.
    Gazniqoblar - nafas yo‘llarim, yuz va ko‘zni har xil zaharli ta’sirlardan 
    saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirlovchi xiilarga bo‘linadi. Fuqaro 
    muhofazasi bo‘yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP-5M, GP-
    7, GP-7V; bolalar uchun - PDFSH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXK- 
    dan foydalaniladi. Filtrlovchi gazniqoblar asosan 2 qismdan: niqobdan va 
    filtrlovchi qutidan tashkil topgan. Filtrlovchi quti asosan tashqi muhitdagi 
    turli xil zaharli birikmalami yutuvchi filtr va shixtadan tashkil topgan.
    Niqob - tabiiy yoki sun’iy kauchuk asosida olingan rezina materi- 
    allaridan tayyorlannib, unga ko‘rish uchun oynak hamda nafas olish va 
    chiqarish uchun mo‘ljallangan jihoz joylashtirilgan.
    Boshqa rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqo- 
    biga o ‘xshash tuzilishga ega (3-rasm). PDF-D esa 1,5-7 yoshgacha bo­
    lalar uchun. PDF-SH rusumli gazniqob 7-17 yoshlardagi bolalar uchun 
    mo‘ljallangan; Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil 
    topib, niqob elastik rezinadan tayyorlangan. Filtrlovchi quti niqob bilan 
    birlashtiruvchi trubkasidan yig‘iladi. Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 
    yoshgacha bo‘lgan bolalarni zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar va 
    biologik ta’sirlardan saqlaydi. BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfe-
    170


    ra yog‘inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi 
    g ‘ilof kiradi.
    Gazniqoblaming saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro o '/ 
    o‘lchamini kiyish orqali erishiladi Chunki to‘g‘ri tanlangan shlem-niqob 
    yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan hech qanday zararli ta’sirlar 
    kirmaydi,
    Gazniqoblaming o'lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
    a) yuzning o‘lchamini aniqlash orqali;
    b) dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofani o‘lchash orqali, 
    Birinchi uslub bilan 0-o‘lcham 63 sm gacha, 1-o‘lcham 63,5-65,5 sm
    gacha. 2-o‘lcham 66-68 sm gacha, 3-oicham 68,5-70,5 sm va 4-o‘lcham 
    71 sm va undan katta.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yakka tartibda saqlovchi vositalar yordamida

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish