Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan shikastlanganda




Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/244
Sana27.05.2024
Hajmi8,77 Mb.
#254799
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

7.4. Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan shikastlanganda
aholining xatti-harakatlari
Yuqorida aytilganidek, respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarining 
ko‘p qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashi- 
ladi. Shunday korxonalarga birorta ta’sir ko'rsatilsa, masalan, dushman 
tomonidan boTadigan ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish 
tarmoqlarida boTadigan, temiryoT transportlaridagi avariyalar tufayli 
KTZM to'kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, atrof muhitni, havoni za-
142


harlaydi. Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o ‘chog‘idagi va 
unga yaqin bo‘lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi va KTZM xususiyatla- 
riga ko‘ra kimyoviy zaharlanish har xil darajada bo‘ladi.
KTZMning qaynash harorati 20°C gacha boTsa, u tezda bugManib, 
zaharlash vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta boTadi. Agar KTZMning 
qaynash harorati 20°C dan yuqori boTsa, bugTanish sekinroq kechib, uning 
zaharlanish vaqti uzoq davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bo‘ladi. 
KTZMlar nafas organlari va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtayi nazardan KT- 
ZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillarga bo‘linadi. KTZM 
bilan zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, holsizlanish, 
ko'ngil aynishi, qusish. o‘qiy olmaslik kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli 
zaharlanishda esa oTim bilan yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan 
zaharlangan hududlarda xalqning xatti-harakatlari xuddi kimyoviy qurollar 
bilan zaharlangan joylarda ko‘riladigan chora-tadbirlami o‘zginasidir, ya’ni 
himoya inshootlarida saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish 
va boshqa omillar qo‘llaniladi. Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bo‘lsa, 
ba’zi bir KTZMlar (masalan, NH3, CO)ning yutiluvchanlik xususiyati past 
bo‘]ganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus sanoat va izolatsiyalovchi gaz- 
niqoblardan foydalanish kerak boladi.
Agar avariya holatida bir qancha gazlar aralashmasi bo‘lsa, faqat izo­
latsiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlan- 
gan o‘choqdan odamlami evakuatsiya qilish tadbirlari ko‘riladi. KTZM 
chiqib ketgan joylarda avariyalami tiklash ancha mushkul jarayonlardan 
hisoblanadi. Bunda asosiy ishlardan:
- Birinchi tiklash ishlarini tashkil etish.
- KTZM tarqalgan hududni o‘rash (lokalizatsiya qilish) hisoblanadi.
Avariyani tiklash ishlarini o‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi
zaharli gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak boTsa, fuqaro 
muhofazasining qutqamv, tibbiyot, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini 
saqlash tizimlari ham yordamga chaqiriladi. Bulardan tashqari avariyani 
tiklash ishlariga korxona ishchi xizmatchilarini va o‘sha atrofdagi 
fuqarolami ham jalb qilish mumkin.
Avariyani tiklash ishlarida qatnashayotgan fuqarolar o‘zini va boshqa- 
lami saqlash qoidalarini bilishlari zarur. L'lardan har doim zaharlangan 
fuqarolami shikastlangan hududdan olib chiqish, gazniqoblarini kiydira 
bilish, sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan ko‘z, teri- 
larni neytrallash ishlarini bilishlari talab etiladi.
143


S anoat gazniqoblarining x arakteristikasi

Download 8,77 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244




Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan shikastlanganda

Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish