hamkorlikda ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi m a’lumotlaming
tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jumladan:
- terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo‘q qilish uchun maxsus
texnika usullari va taktik yondashish jarayoni;
- o‘tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo‘yadigan, jismoniy
shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan m a’lumotlar;
- terrorchilik harakatlariga xayrxohlik bildiradigan;
- terrorchilik harakatini bartaraf etishda faoliyat ko‘rsatayotgan va
ularga yordamlashayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardir.
Mamlakat barqarorligi, aholining tinch va farovon hayotining
buzilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar huquqiy va ijtimoiy himoya
qilinadi. Bu haqda «Terrorizmga qarshi kurash haqida»gi Qonunning
25, 26, 28-bandlarida ko‘rsatib o ‘tilgan. Demak, terroristik harakatlar
va ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning olidini olish uchun
sergak bo‘lish, atrof muhitga e ’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb
etadi. Mabodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan
qo‘zg‘atmaslik, ko‘tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli
organlarga xabar berish kerak.