bir tizimga birlashib harakat qila boshladi. Ular safida turli davlat, millat
vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog'
savdosidan foyda ko ‘ruvchi jinoiy to‘dalar, yollanib xizmat qiluvchilar
paybo bo‘ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil
jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar
aholini, xususan, dindorlar va yoshlami davlatga, davlat tashkilotlariga
qarshi qo‘yishga va hokimiyatga qarshi muxolifatni shakllantirishga
harakat qildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘z mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga
qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O ‘zbekiston Respublikasi
xalqaro terrorizm ko‘rinishlariga qaratilgan ko‘plab xalqaro bitimlarning:
«Havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi
kurashish to‘g‘risida»gi 1970-yildagi Gaaga Konvensiyasining; «Fuqaro
aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to ‘g‘risida’»gi 1971-yildagi
Monreal Konvensiyasining; «Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar,
masalan, diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va
jazolash to‘g‘risida»gi
1973-yildagi
Konvensiyaning;
«Terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘ g‘risida»gi va boshqa konvensiyalaming
ishtirokchisi hisoblanadi. 2004-yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik
tashkiloti (SHHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi
faoliyat ko‘rsata boshladi.