• Terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs. Terrorchilik guruhi
  • Terrorchilik tashkiloti
  • Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilgan zona
  • Terrorchilik faoliyati
  • Garovda ushlab turilgan shaxs




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/244
    Sana27.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #254799
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    Garovda ushlab turilgan shaxs 
    - qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan 
    shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv 
    organlarini, xalqaro tashkilotlami, shuningdek, ayrim shaxslami biron- 
    bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga 
    majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo‘!ga olingan yoki 
    ushlab turilgan jismoniy shaxs.
    Terrorchi 
    — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok 
    etayotgan shaxs.
    Terrorchilik guruhi 
    - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini 
    sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko‘rgan yoki uni sodir etishga 
    suyuqasd qilgan shaxslar guruhi.
    Terrorchilik tashkiloti 
    - ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki 
    terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun 
    barqaror birlashuvi.
    Terrorchilikka qarshi operatsiya 
    -terrorchilik harakatiga chek qo‘yish 
    va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shaxslaming
    148


    xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilami zararsizlantirishga qaratiigan 
    kelishilgan va o'zaro bog‘iiq maxsus tadbirlar majmuyi.
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilgan zona 
    — joyning yoki 
    akvatoriyaning aiohida uchastkalari, havo bo‘shlig‘i, transport vositalari, 
    binolar, imoratlar, inshootlar. xonalar va terrorchilikka qarshi operatsiya 
    o‘tkazilgan doirada ularga tutash hududlar.
    Terrorchilik faoliyati 
    - terrochilik harakatini uyushtirish, rejalashtirsh, 
    tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va 
    moddiy-tehnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo‘lgan faoltiyat
    Terrorchilik harakati 
    - garovga ushlab turish uchun shaxslarni qo‘lga 
    olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, 
    etnik, diniy va boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar 
    vakillarming hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik 
    obyektlarni bosib olish, shikastlantirsh, yo‘q qilish, portlatish, o ‘t qo‘yish, 
    portlatish qurilmaiarini, faol, biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa 
    zaharlovchi moddalami ishlatish yoki ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitish, 
    yer usti, suv va havo transports vositalarini qo‘lga olish, olib qochish, 
    shikastlantirish, yo‘q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar 
    o‘tkazilayotganda vahima ko‘tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, 
    aholi hayotiga, sog‘lig‘iga, jismnoiy yoki yuridik shaxslar mol-mu!kiga, 
    avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo‘li bilan zarar 
    yetkazish yoki xavf tug'dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan 
    yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
    qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarda 
    belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish